Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

"Tolibon"* AQShni afgʻon mojarosiga aralashmaslikka chaqirdi

© AFP / NOORULLAH SHIRZADAVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Maʼlumotlarga koʻra, shanba kuni AQShning B-52 Stratofortress bombardimon samolyotlari Juzjon provintsiyasi poytaxti Shiberganda "Tolibon"* boʻylab aviazarbalar bergan.
TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. "Tolibon"* radikal harakati AQShni Afgʻonistonda roʻy berayotgan ishlarga aralashishdan ogohlantirmoqda, deb bayonot qildi "Al-Jazira" telekanaliga harakat siyosiy ofisining rasmiy vakili.
Maʼlumotlarga koʻra, shanba kuni AQShning B-52 Stratofortress bombardimonchilari Juzjon provintsiyasi poytaxti Shiberganda "Tolibon"* boʻylab aviazarbalar bergan.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
Dunyoda
Afgʻon mudofaa vazirligi: harbiylar bir sutkada "Tolibon"ning 406 jangarisini yoʻq qildi
Afgʻoniston Mudofaa vazirligi vakili Favod Omonning soʻzlariga koʻra, buni oqibatida 200dan ziyod toliblar yoʻq qilingan, shuningdek, 100dan ortiq transport vositalari, katta miqdordagi qurol va qurol zaxiralari ham shu yerning oʻzida yoʻqotilgan.
Toliblar siyosiy ofisi vakilining soʻzlariga koʻra, "Afgʻonistonda oʻt ochishni toʻxtatish haqida hech qanday bitim mavjud emas". Uning aytishicha, Afgʻonistonda roʻy berayotgan voqealarda "qator provintsiyalarda urush boshlagan" mamlakat hukumati aybdor. "Tolibon"* harakatlari esa, shunchaki harbiylar tomonidan boʻlayotgan "hujumlarga munosabatdir", deb taʼkidlaydi harakat vakili.
Sal avval, yakshanba kuni, toliblar Qunduz va Sari-Pul provintsiyalari ustidan nazorat oʻrnatganliklari haqida bayonot berib chiqqan edilar. Afgʻoniston hukumati esa bu taʼkidlarni rad etdi.
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Analitika
"Bu boshlanishi": yuz minglab afgʻon qochqinlari toliblar hujumi va AQSH bombardimoni oqibatidir
Jangarilar shuningdek, mamlakat shimoli-sharqidagi Tohar provintsiyasining maʼmuriy markazi Talukan shahrini egallab olishgani haqida maʼlum qildilar.
Afgʻonistonda hukumat kuchlari va "Tolibon" oʻrtasidagi qarama-qarshiliklar ancha yillardan buyon davom etib kelmoqda. Soʻnggi oylarda toliblar qishloq va chegara oldi hududlarining kattagina qismini egallab, katta shaharlarga hujumga oʻtishni boshladi. Amerika qoʻshinlarining mamlakatdan chiqarilishi fonida ziddiyat yanada kuchaydi.
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH elchixonasi amerikaliklarni Afgʻonistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Rossiya TIV amerika qoʻshinlari mamlakatdan chiqarilishini AQShning Afgʻonistondagi missiyasi magʻlubiyatga yuz tutgani dalilidir, deya izohlagan edi.
2020 yilda Vashington va "Tolibon" vakillari Dohada 18 yildan ortiq davom etgan urushdan soʻng birinchi marta tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida xorijiy qoʻshinlarni Afgʻonistondan olib chiqish va asirlar almashuvidan soʻng afgʻonlararo muloqot boshlanishini koʻzda tutadi. Biroq, bu muzokaralar bir nechta "direktiv" uchrashuvlardan nariga oʻtgan emas.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala