Avtomobil boshqarayotganda telefondan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov)
Proverka dokumentov na statsionarnom postu (Drujba narodov) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi haydovchilarga quloqchin va boshqa uskunalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berishni taklif qilmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Hujjat bilan haydovchilarga transport vositasini boshqarayotganda qo‘llarini ishlatmasdan muloqot qilish imkonini beruvchi minigarnituralar va boshqa texnik qurilmalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda.
Shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda telefondan foydalanish huquqbuzarligini jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil davomida takroran sodir etilgandagi kuchaytirilgan javobgarlik chorasi bekor qilinmoqda.
Avtomobil salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Haydovchilarga, agarda ularning O‘zbekistonda berilgan biometrik pasporti yoki ID-kartasi yonida bo‘lsa, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, tex. pasportni, sug‘urta polisini yonida olib yurmasdan transport vositasini boshqarish huquqi berilishi kutilmoqda.
Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi DYHXX xodimi tomonidan elektron tizim orqali transport vositasi to‘htatilgan joyda mustaqil tekshiriladi. Mazkur yangilikni amaliyotga joriy qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligiga kerakli integratsiya ishlarini 2021-yil 1-dekabrga qadar yakunlash vazifasi yuklatilmoqda.
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
“Prava” olish uchun imtihonlar: hukumat qarori
Harakat tezligini o‘lchashda, tezlikni o‘lchaydigan maxsus qurilmalar tomonidan qayd etilgan tezlik ko‘rsatkichlaridan qurilmalar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan soatiga 5 kilometrlik nuqsonni ayirib tashlash bo‘yicha qoida joriy etilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0