Jamiyat

Chorvoq suv ombori hududi atrofidagi oʻsimliklar himoyaga olinadi

© Sputnik / StringerTashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak
Tashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Chorvoq suv ombori hududidagi togʻ va togʻoldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Chorvoq suv ombori hududi atrofidagi oʻsimliklar himoyaga olinadi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Chorvoq suv ombori hududidagi togʻ va togʻoldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
Hujjatga muvofiq:
- Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda oʻrmon bilan qoplangan va oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazish hamda chorva mollarini boqishni taʼqiqlash;
Zona otdыxa Chorvok Oromgoxi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Iqtisod
"Chorvoq Oromgohi" va "Beldirsoy" sotuvga qoʻyiladi 
- oʻrmon bilan qoplangan hamda oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarda barcha turdagi qurilish materyallaridan bino va inshoatlar qurishni taqiqlash;
- Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Boʻstonliq tumani hokiligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida investitsiya loyixalari amalga oshirilishida kottejlar qurish amaliyotini cheklab, hududning turistik salohiyatini inobatga olgan holda, jahon standardlariga mos, zamonaviy va koʻp qavatli mehmonxonalar qurish amaliyonini yoʻlga qoʻyish, bunda hududni koʻkalamzorlashtirish investitsiya majburiyatlari belgilash;
- 2021-2025 yillarda Chorvoq suv omblori hamda uning atrofidagi ekotizmni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar digradatsiyasining oldini olish hamda choʻllanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamintal va amaliy tadqiqotalar hamda innovatsion loyixalarni amalga oshirish dasturini tasdiqlash;
Plyaj zonы otdыxa Charvak oromgoxi (Piramidы) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2020
Jamiyat
“Chorvoq”da choʻmilish taqiqlanishi mumkin
- Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekalogiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Ugom-Chotqol Milliy tabiat bogʻi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligining Pskom va Ugom daryolari yuqori qismlari akvatoriyasini Milliy bogʻning qoʻriqlanma zonasi etib belgilash kabi aniq yoʻnalishlar belgilandi.
bundan tashqari Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi togʻ va togʻoldi hududlarida oʻsimlik qoplami qisqarishini oldini olishga qaratilagan komples chora tadbirlar dasturi tasdiqlanib unga muvofiq masʼul tashkilotlarga vazifalar belgilab berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala