Jamiyat

Germaniya Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi vaktsina yetkazib beradi

© AFP / HANNIBAL HANSCHKEButыlochka s vaktsinoy "AstraZeneca"
Butыlochka s vaktsinoy AstraZeneca - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Oʻzbekiston Germaniyadan rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berilishi vaʼda qilingan koronavirusga qarshi vaktsinalarni oladi.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Germaniya hukumati yaqin kunlarda Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi Britaniya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilayotganAstraZeneca” vaktsinasini yetkazib beradi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
Vaktsinalar Germaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga vaʼda qilingan yordami doirasida beriladi.
GFR hukumati rasmiy vakili Ulrike Demmerning maʼlum qilishicha, Toshkent 355,2 ming doza vaktsina oladi.
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Jamiyat
Nega oʻzbek-xitoy vaktsinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha toʻxtatildi
Bundan tashqari, Germaniya Tojikistonga (100,8 ming) , Sudanga (357,6 ming ), Efiopiyaga (271,2 ming) va Afgʻonistonga (213,6 ming doza) ham vaktsinalar ajratadi.
21 may kuni Rimda boʻlib oʻtgan Global sogʻliqni saqlash masalalariga bagʻishlangan sammitida Germaniyaning SOVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million doza vaktsinani rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishi haqida qaror qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala