Germaniya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

© AFP / HANNIBAL HANSCHKEButilochka s vaksinoy "AstraZeneca"
Butilochka s vaksinoy AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Germaniyadan rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berilishi va’da qilingan koronavirusga qarshi vaksinalarni oladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Germaniya hukumati yaqin kunlarda O‘zbekistonga koronavirusga qarshi Britaniya-Shvetsiya hamkorligida ishlab chiqarilayotganAstraZeneca” vaksinasini yetkazib beradi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar bermoqda.
Vaksinalar Germaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlarga va’da qilingan yordami doirasida beriladi.
GFR hukumati rasmiy vakili Ulrike Demmerning ma’lum qilishicha, Toshkent 355,2 ming doza vaksina oladi.
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Nega o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi
Bundan tashqari, Germaniya Tojikistonga (100,8 ming) , Sudanga (357,6 ming ), Efiopiyaga (271,2 ming) va Afg‘onistonga (213,6 ming doza) ham vaksinalar ajratadi.
21 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Global sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlangan sammitida Germaniyaning SOVAX dasturi doirasida yil oxirigacha 30 million doza vaksinani rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishi haqida qaror qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0