Jamiyat

“Harb maydon”da Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiya harbiy mashqlari oʻz yakuniga yetdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennыe ucheniya Uzbekistan-Rossiya
Voyennыe ucheniya Uzbekistan-Rossiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Mashgʻulotlar Afgʻonistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan oʻtkazilgan.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Tojikiston “Harb maydon” poligonida Oʻzbekiston, Tojikiston va Rossiyaning 2,5 ming harbiy xizmatchilari ishtirokidagi uch tomonlama qoʻshma mashgʻulotlar oʻz yakuniga yetdi. Bu haqda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, mashgʻulotlar Afgʻonistonda vaziyatning keskinlashuvi va Markaziy Osiyoning chegaradosh mamlakatlariga radikal terrorchi guruhlar kirishi tahdidi ortidan oʻtkazilgan.
“Ishonchim komilki, keyingi qoʻshma xatti-harakatlar jangovar hamdoʻstlikni mustahkamlashga, mamlakatlarimizni harbiy tajovuzkorlik xavfidan saqlaydi”, - deya qoʻshimcha qildi Lapin.
Oʻzbekiston mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari - Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhammedov ham Afgʻonistondagi vaziyatdan xavotir bildirdi.
“Vaziyat bizdan doimiy sergaklik va jangovar tayyorgarlikni talab qiladi”, - dedi u.
Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo Sherali Mirzo bunday aksilterror mashgʻulotlar uch mamlakat harbiy hamkorligi tarixida ilk bor oʻtkazildi.
“Soʻngi bir necha yillarda Yaqin Sharqdagi mamlakatlar hududidagi keskinlik Afgʻonistonga koʻchgani kuzatilmoqda. Soʻnggi yillarda roʻy berayotgan jarayonlar tahlili mintaqamizdagi vaziyat bu mamlakatdagi siyosiy ahvolning rivojlanish voqealariga bogʻliq boʻlishini koʻrsatmoqda”, - dedi Tojikiston vaziri.
Uzbeksko-rossiyskiye ucheniya v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.08.2021
Analitika
Oʻzbekiston, Rossiya va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida nega mashq qilayotgani haqida
Tojikistondagi mashgʻulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq harbiylari jalb qilindi. Ularda qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolyotlar, tanklar, bronetransportyorlar, reaktiv artilleriya, minomyot batareyalari kabi yuzlab harbiy texnikalar ishtirokida belgilangan topshiriqlarni bajardilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala