Rossiya

Haydovchining raqamli profili: Rossiyada xorijlik taksichilarni nimalar kutmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishAvtomobilnыy potok v Moskve.
Avtomobilnыy potok v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
14 avgustdan boshlab Moskvada taksichilar haydovchining raqamli profiliga ega boʻlishlari kerak.
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. 14 avgustdan boshlab Moskva va Moskva viloyatida taksichilar haydovchining raqamli profilisiz rasmiy ravishda ishlay olmaydilar. Yangicha tartib “Taksi ishi tahlili” Kompleks axborot tizimi yoki qisqacha “TIH” KAT (ruscha Kompleksnaya informatsionnaya sistema "Analitika rabotы taksi" (KIS "ART") deb ataladi. Profilni Gosuslugi orqali yuritish kerak. Raqamli profilni qanday olish mumkin va bu borada taksichi migrantlar qanday fikrda – Sputnik muxbiri oʻrgandi.

YTHlarini kamaytirish maqsadida

KIS "ART" tizimi orqali Moskva hukumati taksi haydovchilari haddan ziyod ishlashlari va toliqqanlikdan sodir etadigan avariyalar sonini kamaytirishga umid qilishmoqda. Yangi tizim tom maʼnoda taksichilar ortidan nazorat qilish imkonini beradi. Yangi tartib mualliflari bu yangi qoidalar emasligi, balki faqat monitoring tizimi ekanini aytishmoqda.
Transport departamenti statistikasiga koʻra, 2020 yilda Moskvada taksilar ishtirokida 1677 ta avariya roʻy bergan, 1956 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan, 60 kishi halok boʻlgan. Soʻnggi yarim yil mobaynida 794 ta YTH sodir boʻlgan.
Voditel v zaщitnoy maske za rulem taksi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Rossiya
Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda

KIS "ART" taksi ishini qanday nazorat qiladi

14 avgustdan tizim haydovchilar stajini tekshiradi. U uch yildan kam boʻlmasligi kerak. Toʻlanmagan jarimalar tekshiriladi. Agar boʻlsa, toʻlashga toʻgʻri keladi. Shuningdek, sud dogʻi tekshiriladi. Taksida muqaddam ogʻir jinoyat sodir etganlar (qotillik, oʻgʻrilik, sogʻliqqa zarar yetkazish) ishlay olmaydilar. KIS "ART"maʼlumotlarni IIV va Federal soliq xizmati bazasidan oladi.
Taksi haydovchisi kuniga sakkiz soatdan ziyod ishlamasligi kerak. Ish haftasining umumiy davomiyligi 40 soatdan oshmasligi kerak. Tizim bu soatlarni aniq nazorat qiladi va oshib ketilgan taqdirda agregatlar haydovchilar buyurtma bermay qoʻyadi.
Bundan tashqari, tizimda tibbiy va texnik koʻriklar hisoboti yuritiladi. Haydovchi ishga chiqishdan oldin taksopark yoki shartnoma tuzgan tashkilot xodimi uning ishga chiqishiga rusxat berilganini anglatuvchi qayd yozadi. Tizimda yoʻl varaqasi hisoboti ham yuritiladi.
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Kolumnistlar
Yoʻl harakati qoidalarida “vijdon” soʻzi yoʻq

ID olish uchun nima qilish kerak?

“Rossiya qonunchiligigiga koʻra, chet el davlatlari fuqarolari taksida ishlay oladilar. Majburiy talablardan biri – Rossiya haydovchilik guvohnomasi va uch yillik haydovchilik staji. Shuningdek, rus tili davlat tili sifatidan ishlatiladigan mamlakatlar “prava”lar oʻtadi – Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston”, - deya maʼlum qilishdi Sputnik nashriga Moskva Trasport departamentida.
Raqamli profilni roʻyxatdan oʻtkazish uchun SNILS kerak. Uni Rossiya Pensiya jamgʻarmasidan olish mumkin. Bu oʻrtacha ikki soatdan ziyod vaqtni olmaydi va xorijlik fuqarolar ham olishlari mumkin, deb maʼlum qilishdi Transport departamentida. Keyin KIS "ART"tizimida roʻyxatdan oʻtish darkor.

Muddati kechiktirilgan raqamli profil

“Hukumat taksi avtomobili kim oʻtirganini bilishni xohlayapti. Biz oʻz tarafimizdan hamkorlarimizni KIS “ART” nima ekani, Moskva va Moskva viloyatida ishlayotgan taksopark va haydovchilar tizimda qanday roʻyxatdan oʻtishlari mumkinligi haqida xabardor qilamiz. Oʻzimizning “Yandeks.Pro” tizimimiz orqali haydovchining raqamli profilining vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini joriy etdik”, - deya maʼlum qildi Sputnik nashriga “Yandeks.Taksi” matbuot xizmati.
Bunda haydovchi “Yandeks.Pro”da roʻyxatdan oʻtadi, xizmatga uning shaxsiy maʼlumotlarini KIS “ART”ga berishiga rozilik beradi, tizimda vaqtinchalik 14 kunga ID oladi. Ikki haftalik kechiktirish Gosuslugi orqali roʻyxatdan oʻtmasdan buyurtma olish imkonini beradi.
Biroq sentyabrga kelib haydovchi Gosuslugi portali orqali KIS “ART”da roʻyxatdan oʻtishi va doimiy raqamli profil olishi shart. Agar roʻyxatdan oʻtilmasa, avtomatik ravishdan buyurtma berish toʻxtatiladi.
Rabota taksi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.12.2019
Migratsiya
Taksichi migrantlar Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishi kerak – yangi qonun

Taksichilar nima deydi

“Ketyapman – bugun mening oxirgi ish kunim, - deydi taksichi Sputnik bilan suhbatda. – Bir kunda sakkiz soatda biror bir narsa ishlab olishning imkoni yoʻq, hatto mashina ijara puli va benzinni. Men yigirma yil avval taksida ishlagandim – ana oʻsha paytlar pul ishlasa boʻlardi. Boshqa ish qidirib koʻraman endi”.
Andrey – rossiyalik, turli sohalarda katta tajribaga ega. Shuning uchun tez orada taksichilar ish qattiq nazorat ostiga olishini eshitganda unchalik qaygʻurmadi.
Tojikiston fuqarosi Abdulloning esa ish borasidagi tanlovi unchalik katta emas. Lekin uni KIS “ART” tizimi qoʻrqitmadi. Qayd etish joizki, taksichi raqamli profil olgunicha deyarli ikki oy vaqtini sarflagan.
“Koʻp yildan beri Rossiyada ishlayman, patent olib, soliq toʻlayman. Otam Moskvada oʻqigan va hamisha xorijga borganingda birinchi navbatda, xalqni, ikkinchidan, mahalliy mentalitetni, uchinchidan, qonunni hurmat qilgin deb aytardilar. Shu bois raqamli profil qilish kerak deyishdi, men qildim. Gosuslugida roʻyxatdan oʻtib oldim. Hozir doimo taksichilar yuzasidan reydlar oʻtkazilmoqda, avgust oʻrtalaridan ular kam boʻlishi mumkin, oʻshanda ishlash osonroq boʻladi”, - deya umid qiladi Abdullo.
Oʻshlik Omat ham KIS “ART”dan roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlarini topshirgan, lekin hozirgacha raqamli profil olingani haqidagi bildirishnoma olmagan.
“14 avgustdan keyin qarayman, agar pul topishning iloji boʻlmasa yana oshpazlik kasbimga qaytaman. Ilgari oshpaz boʻlib ishlaganmana, ovqat pishirishni bilaman. Hammasi qonuniy, hujjatlarim rasmiylashtirilgan. U ishning oyligi yaxshi”, - deydi u.

Fikrlar ikkiga boʻlindi

Jamoatchilik va kasaba arboblari fikrlari ikkiga boʻlindi – kimdir raqamli profil joriy qilish yaxshi gʻoya emas deb hisoblasa, boshqalar uning afzalliklari haqida gapirishmoqda.
“Taksist” kasaba uyushmasi rahbari Yaroslav Sherbinin tizimning chalasini bitirish kerak, KIS “ART”da roʻyxatdan oʻtish juda koʻp vaqtni oladi. Baʼzan bir haftagacha choʻzilishi mumkin, boshida ikki kundan oshmaydi deyilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, tizim buning ustiga qotib ishlaydi, normativ bazasi yoʻq.
“Raqamli profil – hisobot yuritishni yoʻlga qoʻyish va ish vaqtini nazorat qilishga urinish. Moskva hukumai hisoblaydiki, ular shu tarzda taksi ishtirokidagi avariya, YTH bilan bogʻliq oʻlim holatlari sonini kamaytira olishlari mumkin. Tatbiq etish 1 avgustga belgilangan edi, lekin 14 avgustgacha qoldirildi. Bu vaqtga qadar hech qanday izoh bermagan boʻlardim. Hammasi tez oʻzgarmoqda”, - dedi Moskva taksichilari kasaba uyushmasi raisi Nikolay Kolodov.
Ammo, Moskva shahri Transport departamenti rahbari oʻrinbosari Dmitriy Proninning ishontirishicha, shubha va ixtiloflarga qaramasdan, KIS “ART”da 97 foiz taksichilar yoki 60 ming haydovchilar allaqachon roʻyxatdan oʻtgan. Uning taʼkidlashicha, KIS “ART” tizimini joriy etish “biznesning koʻplab iltimoslariga binoan” 14 avgustga ortga surilgan. Biroq hozirdanoq buyurtmalarni taqsimlashdagi ustuvorlik roʻyxatdan oʻtganlarga berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala