Analitika

Mashhur afgʻon dala qoʻmondoni Ahmad Shoh Masʼud "Tolibon"* haqida nima degan edi

© Sputnik / Filipp Prokudin / Fotobankka oʻtishPovsednevnaya jizn v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Salkam 50 yildan buyon urushlardan boshi chiqmayotgan afgʻon xalqining bir milliy qahramoni bor. Uning portretlari mamlakatning barcha uyezdlarida koʻrish mumkin, u barcha millat vakillari va yoshu-qarining hurmati va muhabbatiga sazovor boʻlgan dala qoʻmondoni - Ahmad Shoh Masʼud.
“Panjsher sheri” nomi bilan mahsur boʻlgan ushbu qoʻzgʻolonchi oʻqimishli, madaniyatli va odil rahbar sifatida afgʻon xalqining esida qolgan.
Quyida 1997 yilda “Sovershenno Sekretno” gazetasi muxbiri Markelovning Ahmad Shoh Masʼud bilan oʻtkazgan intervyusidan bir parcha keltiramiz. Oʻshanda tajribali dala qoʻmondoni tolibon* harakati haqida nima degan edi.
- Tolibonning hukumat boshiga kelishi Rossiyaga qanday xavf soladi?

- Siz bir narsani tushuning, tolibon bu shunday kuch-ki, u oʻzi mustaqil oyoqda tura olmaydi. Bu kuchni Pokiston afgʻon hukumati boshiga olib keldi. Ularning maqsadi Markaziy Osiyo hududida oʻz manfaatlarini himoya qilishdir. Rossiya uchun asosiy xavf shundaki – urush qoʻshni Tojikiston hududiga ham tarqalib ketishi mumkin, - degan edi dala qoʻmondoni 24 yil oldingi intervyuda.

Shuningdek, Ahmad Shoh tolibon* Afgʻoniston prezidenti Najibulloni osib oʻldirganini esga olib, ularni haddan ortiq shafqatsizlikda ham ayblagan edi.
Ahmad Shoh Masʼud haqida
U 1953 yilda Panjsher uyezdida tugʻilgan, millati – tojik, Qobuldagi frantsuz litseyi hamda Abu-Xanifiya islom maktabini bitirgan, keyinchalik 1973 yilda Qobul Politexnika institutiga oʻqishga kirgan, lekin urush boshlanib qolgani tufayli bitirishga ulgurmagan. Shundan soʻng u Pokistonga qochib ketadi. U yerda u islom muxolifat otryadlariga qoʻshiladi. Oradan 2 yil oʻtib kichik otryad mujohidlari bilan Afgʻoniston hududiga qaytib keladi.
Mahalliy sharoitlarni yaxshi bilishi, strategik fikrlash qobiliyati tufayli Ahmad Shoh Masʼud qisqa vaqt ichida Afgʻoniston shimolida keng hududlarni egallab oladi va sovet askarlariga qarshi kurash olib boradi. 1980 yillar oʻrtalariga kelib uning qoʻl ostidagi askarlar soni 6 mingga yetadi.
Ayrim manbaalarda aytilishiga koʻra, sovet harbiy qoʻmondonligi Ahmad Shoh Masʼudga qarshi 9ta keng koʻlamli harbiy harbiy operatsiyalar oʻtkazgan, lekin ularning birortasi ham muvaffaqiyat bilan tugamagan.
SSSR qoʻshinlarini olib chiqib ketgan vaqtida Ahmad Shoh Masʼud Afgʻoniston shimolidagi eng katta kuch boʻlgan. Oʻsha vaqtlar uning qoʻl ostida 15 mingga yaqin askar boʻlgan. Afsonaviy dala qoʻmondoni 2001 yilda jurnalist niqobi ostida kelgan 2 nafar xudkush terrorchi tomonidan oʻldiriladi.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala