Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi

© Sputnik / Filipp Prokudin / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Salkam 50-yildan buyon urushlardan boshi chiqmayotgan afg‘on xalqining bir milliy qahramoni bor. Uning portretlari mamlakatning barcha uyezdlarida ko‘rish mumkin, u barcha millat vakillari va yoshu-qarining hurmati va muhabbatiga sazovor bo‘lgan dala qo‘mondoni - Ahmad Shoh Mas’ud.
“Panjsher sheri” nomi bilan mahsur bo‘lgan ushbu qo‘zg‘olonchi o‘qimishli, madaniyatli va odil rahbar sifatida afg‘on xalqining esida qolgan.
Quyida 1997-yilda “Sovershenno Sekretno” gazetasi muxbiri Markelovning Ahmad Shoh Mas’ud bilan o‘tkazgan intervyusidan bir parcha keltiramiz. O‘shanda tajribali dala qo‘mondoni tolibon* harakati haqida nima degan edi.
- Tolibonning hukumat boshiga kelishi Rossiyaga qanday xavf soladi?

- Siz bir narsani tushuning, tolibon bu shunday kuch-ki, u o‘zi mustaqil oyoqda tura olmaydi. Bu kuchni Pokiston afg‘on hukumati boshiga olib keldi. Ularning maqsadi Markaziy Osiyo hududida o‘z manfaatlarini himoya qilishdir. Rossiya uchun asosiy xavf shundaki – urush qo‘shni Tojikiston hududiga ham tarqalib ketishi mumkin, - degan edi dala qo‘mondoni 24-yil oldingi intervyuda.

Shuningdek, Ahmad Shoh tolibon* Afg‘oniston prezidenti Najibulloni osib o‘ldirganini esga olib, ularni haddan ortiq shafqatsizlikda ham ayblagan edi.
Ahmad Shoh Mas’ud haqida
U 1953-yilda Panjsher uyezdida tug‘ilgan, millati – tojik, Qobuldagi fransuz litseyi hamda Abu-Xanifiya islom maktabini bitirgan, keyinchalik 1973-yilda Qobul Politexnika institutiga o‘qishga kirgan, lekin urush boshlanib qolgani tufayli bitirishga ulgurmagan. Shundan so‘ng u Pokistonga qochib ketadi. U yerda u islom muxolifat otradlariga qo‘shiladi. Oradan 2-yil o‘tib kichik otrad mujohidlari bilan Afg‘oniston hududiga qaytib keladi.
Mahalliy sharoitlarni yaxshi bilishi, strategik fikrlash qobiliyati tufayli Ahmad Shoh Mas’ud qisqa vaqt ichida Afg‘oniston shimolida keng hududlarni egallab oladi va sovet askarlariga qarshi kurash olib boradi. 1980-yillar o‘rtalariga kelib uning qo‘l ostidagi askarlar soni 6 mingga yetadi.
Ayrim manbaalarda aytilishiga ko‘ra, sovet harbiy qo‘mondonligi Ahmad Shoh Mas’udga qarshi 9ta keng ko‘lamli harbiy harbiy operatsiyalar o‘tkazgan, lekin ularning birortasi ham muvaffaqiyat bilan tugamagan.
SSSR qo‘shinlarini olib chiqib ketgan vaqtida Ahmad Shoh Mas’ud Afg‘oniston shimolidagi eng katta kuch bo‘lgan. O‘sha vaqtlar uning qo‘l ostida 15 mingga yaqin askar bo‘lgan. Afsonaviy dala qo‘mondoni 2001-yilda jurnalist niqobi ostida kelgan 2 nafar xudkush terrorchi tomonidan o‘ldiriladi.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0