Infografika

Tokio-2020: Medallar, rekordlar, natijalar

Tokioda XXXII yozgi Olipiya Oʻyinlari yakuniga yetdi. Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 9 avgust Toshkentda tantanali kutib olindi.
Yaponiyada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada Oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar 5ta medal sohiba boʻlishdi: 3ta "oltin" va 2ta "bronza". Oʻzbekiston jamoasi uchun ushbu Oʻyinlar muvaffaqiyatlilik boʻyicha Riodan soʻng (13ta medal) ikkinchi oʻrinni egalladi.
Lekin bu safargi natija ham maqtasa arzigulik: jamoa sobiq Ittifoq boʻyicha 2-oʻrin, Markaziy Osiyo va turkiy tilli davlatlar orasida 1-oʻrinda.
Medallardan tashqari Oʻzbekiston jamoasi Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlarida bir necha rekordlar ham oʻrnatishdi. Xususan ogʻir atletika boʻyicha 55kg vazn toifasida ayollar orasida Muattar Nabiyeva siltab koʻtarish boʻyicha 98 kg vazn koʻtarib yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Ushbu sport turida erkaklar orasida Akbar Djurayev jami 430 kilo tosh koʻtarib yangi jahon rekordini oʻrnatdi.
Undan tashqari Oʻzbekiston oʻzinng eng yosh Olimpiya chempioni - 19 yoshli ulugʻbek Rashitov bilan ham magʻrurlanishi mumkin.
Jamoa yutuqlari haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala