Jamiyat

Oʻzbekistonda saratonni erta aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishLecheniye opuxoley na obnovlennom gamma-noje v NII imeni Sklifosovskogo
Lecheniye opuxoley na obnovlennom gamma-noje v NII imeni Sklifosovskogo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyishi kutilmoqda. Natijada oʻzbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun kamroq mablagʻ sarflashlari mumkin boʻladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshligʻi Jamoliddin Boboxonov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi boʻlsa, qon topshiradi. Qon maxsus laboratoriyaga va qoʻshni mamlakatlarga joʻnatiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi.

Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablagʻ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi oʻzbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.

“Bu kabi amaliyot Oʻzbekistonda boʻlmagani uchun aholi 2 million soʻm atrofida xarajat qilishiga toʻgʻri keladi. Agar amaliyot Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilsa, 500 ming soʻm, yaʼni 4 barobar arzonga tushadi”, - dedi u.
Snimok MRT mozga patsiyenta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Jamiyat
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala