"RF va XXR strategik mashqlari-2021" – amerikaliklar va toliblarga katta salom

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishTanki T-72 vo vremya komandno-shtabnix ucheniy "Kavkaz-2020" na poligone "Rayevskiy" v Novorossiyske
Tanki T-72 vo vremya komandno-shtabnix ucheniy Kavkaz-2020 na poligone Rayevskiy v Novorossiyske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoyning Xitoy-shimoli-g‘arbida o‘tkazilayotgan "G‘arb/Hamkorlik-2021" tezkor-strategik mashqlari Rossiya HKKning Markaziy Osiyodagi Afg‘oniston bilan chegaradosh poligonlarda o‘tkazilayotgan o‘quv aviazarbalari bilan integrallashtirilgan
Ushbu mashqlar Rossiya-Xitoy harbiy-siyosiy ittifoqini shakllantirishning davomi ko‘rinishiga ega.
RF va XXRning qo‘shma harbiy manyovrlari uzoq yillik amaliyoti ushbu haftada strategik tus oldi. Xitoyning Ninsya-Xuey avtonom tumanida "Sintusya" poligonida 9-13 avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan ikki mamlakatning tezkor-strategik mashg‘ulotlariga 13 mingga yaqin harbiy xizmatchilar va qariyb 500 ta harbiy texnika jalb qilingan. Rossiya tomonidan operativ-taktik aviatsiya otradi, Baykal orti o‘lkasidan motoo‘qchilar birlashmasining shaxsiy tarkibi, va boshqaruv apparati ishtirok etmoqda. Xitoy mashqlarda Harbiy-havo kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlarni jalb qilgan.
"G‘arb/Hamkorlik-2021" manyovrlari startida rossiyalik harbiy xizmatchilar xitoylik instruktorlar ishtirokida g‘ildirakli tanklar standart qurollari va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining zirhlangan shturm mashinalaridan o‘q otish mashqlarini bajarishdi.
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2021
AQSh elchixonasi amerikaliklarni Afg‘onistonni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
"Sintunsya" poligonida Rossiya motoo‘qchilar bo‘linmalari general-leytenant Mixail Nosulev qo‘mondonligi ostida shartli dushmanning artilleriya qurollari va zirhli buyumlarini imitatsiya qilgan nishonlarning aksariyatini yo‘q qildilar.
Rossiya bo‘linmalari shuningdek, qo‘shma tarzda o‘tkazilgan vertolotdan qo‘nish usulida desant sakrashlarda ishtirok etdilar. Mashg‘ulotlar davomida standart qurolli harbiy xizmatchilar uchish va notanish joyga qo‘nish mashqlarini bajarishdi. Kesishgan hududda ko‘p kilometrlik marshlarni amalga oshirishdi, belgilangan vazifalarni - zamonaviy kuzatuv va razvedka uskunalari, yengil pulemotlar, snayper miltiqlari va AK-12 avtomatlari bajardilar.
Ikki mamlakatning ko‘p nishonli qiruvchilari tarkibidagi aviatsiya eskadrilyasi Inchuan aerodromidan uchdi va parchalanuvchi-portlovchi bombalar bilan yer ustidagi nishonlarga zarba berdi va bu bilan shartli dushmanning havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlaridan o‘z vaqtida qochish mashqlarini bajardi. Shu bilan birga, Su-30SM qiruvchilarining rus ekipajlari va Dzan-11 va Dzan-7 qiruvchilarining xitoylik uchuvchilari barcha vazifalar diapazonida o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorlikni amalga oshirdilar.

Manfaatlar va nishonlar tutashuvi

"G‘arb/Hamkorlik-2021" mashqlari afsonasi rasman hech qanday uchinchi bir davlatga qarshi qaratilmagan. Shunday bo‘lsa-da, poligon, qo‘shinlar va kuchlar tanlovi, o‘zaro hamkorlik strategiyasi - xitoy "urush san’atida" tasodif bo‘lmagan serma’no iyeroglifdir.
Pentagon AQSh dengiz flotining zaif joyini topdi
RF va XXR qo‘shinlari qo‘shma guruhining "Sintunsya" poligonidagi imkoniyatlari (farazga ko‘ra) g‘arbiy va sharqiy yo‘nalishlarda "kuchni loyihalashtirish" imkonini beradi.
Rossiya va Xitoyning Inchuandagi qiruvchi aviatsiyasi Qobul va Tokiodan bir xil uzoqlikdagi masofada joylashgan – 3000 km.ga yaqin (va bu Su-30SMning havoda yoqilg‘i quymasdan amalga oshiradigan amaliy parvoz masofasiga mos tushadi).
Shu bilan birga ma’lum qutqu ham saqlab qolingan: orbital sputniklar barcha taktik priyomlarni ham "ko‘ra olmaydi", ehtimoliy dushmanning razvedka aviatsiyasi esa XXRning olis shimoli-g‘arbiy regionida hech qanday to‘siqsiz o‘z missiyasini bajara olmaydi.
Rossiya Xitoydagi o‘quv-mashg‘ulotlarga 4++ avlodiga mansub bir nechta Su-30SM qiruvchilarini Xitoyga ko‘chirib o‘tkazdi, va bu ikkala davlatning barcha turdagi va shakldagi qurolli kuchlarining jangovar integrallashuvga tayyorligi ko‘rsatkichidir.
Harbiy-dengiz va quruqlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlar birinchi bor o‘tkazilayotgani yo‘q. Birlashtirilgan eskadrilyalar oldinpatrul paytida faqat dengiz ustida uchar edi.
Quruqlikdagi qo‘shinlar bilan birgalikda ko‘p nishonli zarba beruvchi aviatsiyadan birgalikda foydalanish - Rossiya va Xitoy manyovralaridagi yangilik bo‘lib, AQSh va NATOning Qora dengiz va Sharqiy-Xitoy regionlaridagi harbiy provokatsiyalariga munosib javobdir.
Su-30SM ko‘p nishonli qiruvchisi boshqariladigan tagali dvigatellar va old gorizontal dum qanoti bilan jihozlangan. Fazali antennaga ega bo‘lgan bort radiolokatsiya stansiyasi 140 km masofada dushman samolyotlarini aniqlash hamda bir vaqtning o‘zida 15 dan ortiq havo nishonlarini kuzatish, ustuvorlarini tanlash va ulardan 4tasini 100 kmgacha masofada o‘qqa tutish imkonini beradi.
Esmines SShA Donald Cook na voyennix ucheniyax  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2021
AQSh HDKning Large Scale Exercise 2021 mashqlari: Qora dengizga kuch yetadimi?
Qiruvchi havoda ustunlikka ega bo‘lish, havo, yer va dengizdagi nishonlarni, dushman aerodromlarini katta chuqurlikda - turli tipdagi, uzoqlik masofasi 285 km.gacha bo‘lgan "havo - sath" o‘ta aniq zarba beruvchi raketalar yordamida yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Xitoyning Dzan-11 (J-11D) qiruvchisi Rossiyaning Su-27 konstruktiv asosida ishlangan Su-35S qiruvchisi ekvivalenti sanaladi. U taxminan 15 tonna og‘irlikdagi arsenalni osmonga ko‘tarishga qodir, J-11Dning jangovar radiusi esa Su-30SMnikidan qolishmaydi.
Mintaqaviy (Afg‘onistondagi urush) va global ko‘lamdagi umumiy tahdidlar oldida (RF va XXR 2030-yilgacha AQSh va NATOning asosiy harbiy dushmani deb e’lon qilinishi), Rossiya va Xitoy qurolli kuchlari, jumladan, zarba beruvchi aviatsiyasining texnologik va strategik integrallashuvi - amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, ehtimolga yaqin va zarur masaladir. Xitoyning "Sintunsya" poligonida esa biz ushbu murakkab mexanizm qay tarzda sozlanayotganini kuzatmoqdamiz.
Afg‘oniston bilan chegaradan 20 km uzoqlikdagi Harb-Maydon poligonidagi sinxron mashqlar ham ko‘zdan panada qolgan emas, bu yerda RF Markaziy harbiy okrugining 10 dan ortiq samolyot va vertolotlari Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning quruqlik qo‘shinlarining mushtarak operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Uchuvchilar shartli dushmanning niqoblangan bazalarini raketa-bomba zarbalari bilan yo‘q qilmoqdalar, qo‘shma harbiy guruh janubdan keladigan xatarlarni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bu yerda "G‘arb/Hamkorlik-2021" strategiya va taktikasi - o‘zining markaziy-osiyocha aksenti bilan takrorlanmoqda.
Xuddi shunga o‘xshash "Janub-2021" Rossiya-O‘zbekiston manyovrlari yaqindagina O‘zbekistondagi Termiz poligonida yakun topdi. Bu yerda Rossiyaning uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi-raketa tashuvchilari afg‘on chegarasida shartli dushmanni yo‘q qildi.

"Tolibon"* va AQSh pozitsiyalari

Markaziy Osiyo va Xitoydagi qo‘shma mashqlar dolzarb ekanini Afg‘onistondan kelayotgan harbiy harakatlar svodkalari tasdiqlab turibdi. Toliblar mamlakat chegaralari va transport yo‘llarini nazorat qilish strategiyasidan (ya’ni "hududlar bo‘yicha" hukmronlik qilishdan) ma’muriy markazlarni bosib olishga o‘tdilar.
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Mashhur afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’ud "Tolibon"* haqida nima degan edi
Dam olish kunlari davomida ular shimoliy Qunduz, Sari-Pul, Jauzjon va Nimroz (Eron bilan chegaradosh) provinsiyalari poytaxtlarini egallab olishdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlariga terrorchilar tomonidan hokimiyatning zo‘ravonlik bilan egallab olinishiga rozi bo‘lmagan afg‘on qochqinlarining eng kamida minglab oqimlari bilan tahdid solmoqda.
Shaharlarni bosib olish yagona ssenariy bo‘yicha amalga oshirilmoqda: toliblar shaharga Amerikada ishlab chiqarilgan "o‘lja tariqasida olingan" "Xamvi" zirhli mashinalarida asosiy yo‘nalishlardan yaqinlashib kelmoqda, ular hukumat kuchlari ta’minoti, qaytish yo‘llarini to‘smoqda, so‘ngra 3-4 yo‘nalishlardan shaharga, hududni mobil otradlar nazorati zonalariga bo‘lib tashlagan holda kirib kelmoqda. Va shundan so‘ng qarama-qarshilik o‘choqlarini "tozalashga" kirishmoqda.
Shu bilan bir vaqtning o‘zida afg‘on armiyasi o‘rab olingan bo‘linmalarga yordamga kelmayapti (yoki kelishga ulgurmayapti).
Toliblar provinsiya markazlarini shturm qilish va o‘z raqiblari va opponentlarini otib tashlash bilan cheklanmayapti, ular Qobulni qo‘lga olgandan so‘ng Afg‘onistonning asosiy siyosatchilarini qatl etishga va’da bermoqda.
Tojikiston va Xitoy bilan chegaradosh Badaxshon viloyatida "Tolibon"*ning faolligi Pekinni afg‘on yo‘nalishida yanada faol va qat’iy siyosat yuritishga majbur qilmoqda. Pentagon esa yana eski ishini boshlab, toliblar pozitsiyalarini B-52 strategik bombardimonchilari bilan "tekislamoqda".
Bunday vaziyatda 2020-yilning aprel oyida Doxada AQSh bilan tinchlik shartnomasi imzolagan toliblarning xafaligini tushunish mumkin.
Aksii protesta za demokratizatsiyu viborov v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2021
Xitoy yangi zombilardan o‘zini himoya qilishni istaydi
Umuman olganda, Vashingtonning o‘z geosiyosiy maqsadlari bor, ba’zida ular mantiqqa zid harbiy-siyosiy umidlarga ham aylanib ketishi mumkin.
AQSh Harbiy havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Charlz Braun 6-avgust kuni havo kuchlar kelajagi haqida o‘z fikrni bildirdi. Qo‘mondon xulosasiga ko‘ra, AQSh Xitoyni yengishi uchun "to‘g‘ri muvofiqlikni" topishi kerak.
Bundan xuslosa shuki, Amerika rejalarida Yer sharida tinchlik bo‘lishi nazarda tutilmagan. Afg‘oniston - bu "nomaqbul mamlakatlar", "dunyo yovuzligi" va Vashington o‘ylab topgan boshqa ximeralar bilan global urushning bir jangi xolos.
Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy 2035-yilga kelib havo jangida AQShdan o‘zib ketishi mumkin. Shu o‘rinda AQSh HHK yangilanishi juda sekin kechayotganini esga olish kerak. So‘nggi 27-yil ichida faqatgina 4ta yangi qiruvchi samolyot yaratilganini esga olish kerak. AQSh havo kuchlarining havodagi ustuvorligi haqida gap-so‘zlar - juda bo‘rttirilgan. Xitoy bo‘lsa - qisqa vaqt ichida kontinentlararo ballistik raketalar uchun 100 ta yangi shaxtalar qurib bitkazdi. Lekin yadroviy urushda hech qanday ustuvorlik bo‘lishi mumkin emas.
Amerika bo‘lajak janglarga tayyorlanayotgan bir vaqtda, Rossiya va Xitoy qo‘shinlari va nuqtayi nazari bir biriga yaqinlashayotgani - tabiiy holdir. Birgalikda o‘tkazilayotgan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar ikki davlat mudofaa imkoniyatlarini oshiradi. Moskva va Pekin harbiy hamkorligi to‘g‘risidagi shartnomasi rasmiy hujjat bo‘lib, oyektiv reallikni o‘zgartirmaydi. Rossiya va Xitoyning 2019-yil 5-iyunda e’lon qilingan qo‘shma bayonotlari ikki davlatning o‘n yillarga mo‘ljallangan harbiy-siyosiy munosabatlar yo‘nalishini belgilaydi.
* – Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Harbiy sharhlovchi Aleksanr Xrolenkoning Telegram kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0