Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “Gazel” “Lacetti” bilan to‘qnashdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDorojniy znak na meste avarii
Dorojniy znak na meste avarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2021
Obuna bo‘lish
“Gazel” haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek Lacetti’da bo‘lgan bir nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Gazel" va Lacetti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 10-avgust kuni soat 07:10 larda Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 38 yoshli Sh.G. boshqaruvidagi “Gazel” va 69 yoshli K.Yu. boshqaruvidagi “Lacetti” o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Katalka dlya perevozki bolnix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Toshkentdagi YTHda tez yordam yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi
Natijada “Gazel” ag‘darilib ketgan. Uning haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek, “Lacetti”ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0