Jamiyat

Barcha xodimlari emlangan masjidlarda juma namozi oʻqilishiga ruxsat berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeruyuщiye vozvravraщayutsya s prazdnichnogo namaza
Veruyuщiye vozvravraщayutsya s prazdnichnogo namaza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarga masjidlarga juma namozini oʻqishga ruxsat beriladi.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Oʻzbekiston masjidlarida juma namozlarini oʻqish boʻyicha karantin cheklovlari bekor qilindi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
13 avgustdan masjidlarning barcha ishchi va xodimlari (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega boʻlgan taqdirda ushbu masjidlarda juma namozini oʻtkazishga ruxsat beriladi.
Masjidlarga juma namozini oʻqish uchun emlanganligi toʻgʻrisidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlganlar bundan mustasno) kiritiladi.
Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarga ham mazkur tartibni tatbiq etishni tavsiya qilindi.
Shu bilan birga diniy ibodatlarni ado etish jarayonida tashrif buyuruvchilar tomonidan tibbiy niqobda boʻlish hamda ijtimoiy masofani saqlash boʻyicha karantin cheklovlariga qatʼiy rioya etilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala