Jamiyat

Yetim bolalarga uy-joy berishning yangi tartibi oʻrnatildi – prezident qarori

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishPervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Pervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Bundan buyon yetim bolalar 18 yoshga toʻlganda, ularga bir xonali kvartira ajratiladi, lekin ular 30 yoshga qadar uni sotish huquqiga ega boʻlmaydi.
TOSHKENT, 10 avg – Sputnik. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi oʻrnatiladi. Bu haqida prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Huquqiy axborot telegram kanali.
Qarorga muvofiq, 2021 yilning 15 avgustdan boshlab:
turar joyga ega boʻlmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular 18 yoshga toʻlgan yilda koʻp kvartirali uy-joylardan maydoni 25 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar oʻrtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam boʻlmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi, - deyilgan qarorda.
Shuningdek prezident qarorida quyidagi holatlarga alohida eʼtibor qaratilgan:
nogironligi boʻlgan yetim bolalarga kvartiralar koʻp qavatli uylarning 3-qavatigacha ajratiladi;
hokimliklar ushbu kvartiralarni yangi qurilgan uylardan, yaʼni koʻchmas mulkning birlamchi bozoridan xarid qiladi;
birlamchi bozorida mos keladigan kvartiralar mavjud boʻlmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan, ikkilamchi bozoridan xarid qilinadi;
uy-joylar bilan taʼminlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi va navbatni buzish, unga oʻzgartirish kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
yetim bolalarga koʻchmas mulk egalik huquqi asosida beriladi, lekin ular 30 yoshga toʻlguncha uni sotish huquqiga ega boʻlmaydi.
ushbu toifadagi shaxsning murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2019 yildan buyon bir necha yuzlab vatanoshlarni Suriyadagi qochqinlar lagerlaridan qaytarishga muvaffaq boʻldi. Ularning aksariyati boquvchisini yoʻqotgan ayollar va bolalar edi. Vataniga qaytarilganidan soʻng ularning aksariyati ish joyi, boshpana bilan taʼminlash choralari koʻrildi, ularning farzandlari maktab va bogʻchalarga joylashtirildi.
Oʻzbekistonning ushbu insonparvarlik tajribasi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala