Rossiya

Gintsburg: “Sputnik V” bir yil ichida oʻzining sifati va xavfsizligini tasdiqladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishDirektor FGBU "Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei" Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg
Direktor FGBU Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Bundan roppa-rosa bir yil ilgari Rossiya SSV COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatga olgan edi.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Roppa-rosa bir yil avval Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi bu davr mobaynida oʻzining sifati va xavfsizligini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novostiga N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, bu vaqt ichida saraton kasalligiga chalinganlarni emlash uchun boʻlgan muayyan cheklovlar olib tashlangan, vaktsina bilan homiladorlar va keksalarni emlashga ruxsat berilgan.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Jamiyat
Sobiq SSSR davlatlari birinchi shaxslaridan kimlar "Sputnik V" bilan emlandi?
Eslatib oʻtamiz, bundan roppa-rosa bir yil ilgari – 2020 yil 11 avgust kuni - Rossiya SSV COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatga olgan edi. Vaktsina “Sputnik V” deb nomlandi. U insonning adenovirus vektorli platformasiga asoslangan. Xavfsizlik, samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yoʻqligi uning muhim afzalliklaridir.
Bugungi kunda vaktsina dunyoning yetmishga yaqin davlatlarida roʻyxatdan oʻtgan va aholini emlash uchun foydalanilmoqda. Oʻnlab mamlakatlarda uni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, jumladan, Oʻzbekistonda uni avgust oʻrtalaridan ishlab chiqarish boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala