Rossiya

Janjalda qatnashgan migrantlarning Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlash taklif qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMassovaya draka na Xovanskom kladbiщe v Moskve
Massovaya draka na Xovanskom kladbiщe v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Bu taklifni Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy bildirdi.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya hududida ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan migrantlarning mamlakatga kirishini umrbod taqiqlash kerak. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoy “Vesti FM” radiosi efirida maʼlum qildi.

“Janjalashishdimi – ertasi kuni samolyotga oʻtqazib, uyiga joʻnatish kerak. Boz ustiga bunday kishilarni Rossiyaga kirishini umrbod taqiqlangan holda chiqarib yuborish kerak”, - deydi Tolstoy.

U shu tariqa Rossiya davlat ichida xorijliklar anklavi shakllanishining oldini olgan boʻlishini taʼkidladi.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Migratsiya
Rossiyada ommaviy mushtlashuv yuz berdi: oʻzbekistonlik migrantlar ishtiroki oʻrganilmoqda
Tolstoy Rossiya shu bilan birga umumiy sovet tarixiga ega mamlakatlar bilan qardoshlik munosabatlarini rivojlantirish tarafdori ekanini qoʻshimcha qildi. Migrantlar Rossiyada oʻrnatilgan qonun-qoidalarga rioya qilishlari zarur.
Avvalroq ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan yuzdan ziyod xorijliklar Rossiyadan chiqarib yuborilishi maʼlum boʻlgan edi. Ular mamlakatga faqat 40 yildan soʻng qayta olishadi.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.08.2021
Migratsiya
Moskvada migrantlar ustidan tekshiruv boshlanmoqda - sabablar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala