Jamiyat

“Javob ijobiy”: Oʻzbekistonda “Sputnik V” kelgusi haftadan ishlab chiqariladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
“Jurabek Laboratories” kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan vaktsinaning ilk partiyasi sifati boʻyicha ijobiy javob olgan.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan “Jurabek Laboratories” kompaniyasi Rossiyada sifat nazoratidan oʻtdi va kelgusi haftadan vaktsinani keng koʻlamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda RIA Novostiga korxona direktori Farrux Lutfullayev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazidan iyul oyida ishlab chiqarilgan “Sputnik V”ning ilk partiyasi sifati boʻyicha ijobiy natijalar olingan.
“Biz Rossiyadan vaktsinaning sifati boʻyicha ijobiy javob oldik. Hozir Rossiyadan xomashyo kutyapmiz, keyingi haftadan quyishni boshlaymiz”, - dedi Lutfullayev.
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgan edi.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jamiyat
Asadov Oʻzbekistonda “Sputnik V” ishlab chiqarishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi
29 iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya toʻgʻridan -toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi (RFPI) Oʻzbekistonda “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaktsinalar sifatni nazorat qilish uchun Gamaleya markaziga yuborilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala