Dunyoda

Jazoirdagi oʻrmon yongʻinlari qurbonlari 65 kishiga yetdi

© AP Photo / Fateh GuidoumLesnыe pojarы v Aljire
Lesnыe pojarы v Aljire - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Jazoirning bir necha viloyatlarida oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Jazoirdagi oʻrmon yongʻinlari qurbonlari 65 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“65 kishi oʻrmon yongʻinlari qurboni boʻldi, ulardan 28 nafari harbiy xizmatchilar, 37 nafari oddiy aholi. Qurbonlarning aksariyati Tizi-Uzu viloyatidan”, - deya xabar qilgan mamlakat davlat telekanali.
10 avgust kuni Jazoir bosh vaziri Ayman bin Abdurahmon 42 kishi mamlakatning togʻli hududidagi yongʻinlar qurboni boʻlganini maʼlum qilgan edi. Oʻsha kuni mamlakat Mudofaa vazirligi Tizi-Uzu viloyatida olov qurshab olgan qishloqlardagi yongʻinni oʻchirish va odamlarni qutqarish vaqtida 18 nafar harbiy halok boʻlganini xabar qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala