Madaniyat

Oʻzbek va turk kino ijodkorlari koproduktsiya shakllarini izlashmoqda

© Agentstva Kinematografii UzbekistanaVstrecha gendirektora Agentstva Kinematografii Firdavsa Abduxalikova i prezidenti turetskogo soyuza prodyuserov TESIYAPDER Sami Dyundara
Vstrecha gendirektora Agentstva Kinematografii Firdavsa Abduxalikova i prezidenti turetskogo soyuza prodyuserov TESIYAPDER Sami Dyundara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Oʻzbekiston va Turkiya kino ijodkorlari Toshkent xalqaro kinofestivalida taqdim etiladigan filmlar soni va mazmunini muhokama qilishdi.
TOSHKENT, 11 avg - Sputnik. Buxoroda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi vakillari hamda turkiyalik kinoijodkorlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Oʻzbekiston Kinematografiya agentligiga asosan.
Xorijlik mehmonlarning Oʻzbekistonga tashrifi “Turk dunyosi mamlakatlari: Oʻzbekiston - Turkiya. Kino sanoati sohasida mamlakatlar oʻrtasida hamkorlik va koproduktsiya shakllarini izlash" shiori ostida boʻlib oʻtmoqda.
Uchrashuv davomida bir qator qoʻshma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, turklarning “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalidagi ishtiroki, taqdim etiladigan filmlar soni va mazmuni ham muhokama etildi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylari hamda shahar kinoteatrlariga ham ekskursiya uyushtirildi.
Solntse na vkus - protsess sʼyemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.08.2021
Madaniyat
Qalblarni eritgan oʻzbek quyoshi: Oʻzbekiston va Rossiya ijodkorlarining yangi kartinasi
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, “Ipak yoʻli durdonasi” kinoanjumani 1968 - 1997 yillarda muntazam oʻtkazib kelingan "Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali"ining davomchisi hisoblanadi.
Bu yilgi xalqaro kinoanjuman 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda va unda Rossiya, Hindiston, Qozogʻiston, Belorus, Ozarbayjon kabi bir qator davlatlar ishtiroki kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala