Jamiyat

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvы
Otkrыtiye posle restavratsii glavnoy mecheti Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Muhammad Rafiqov 81 yoshida pnevmoniyadan vafot etdi.
TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Daryo” nashrining yozishicha, artist pnevmoniyadan vafot etgan.
“Dadam rahmatli 10 kundan buyon pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonada davolanayotgandilar. Bugun yorugʻ olamni tark etdilar”, — degan uning qizi Feruza Rafiqova.
© Press-slujba MinkulturыZaslujennыy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov
Zaslujennыy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Zaslujennыy artist Uzbekistana Muxammad Rafikov
Muhammad Rafiqov 1940 yil 26 oktyabrda Buxoro viloyatida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1966-67 yillar Hamza teatrida, 1967-83 yillar Buxoro teatrida aktyor (1981-83 yillar direktor), 1983 yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rejissyori boʻlgan.
U "Bobur" telefilmida Shayboniyxon, "Amir Muzaffarxon"da Muzaffarxon, "Hakim va ajal" videofilmida Ibn Sino, "Imom al-Buxoriy" serialida al-Buxoriy, "Sohibqiron" serialida Amir Temur, "Shaytanat" serialida Abdurahmon tabib, "Qoʻqon shamoli" filmida Shayx ul-islom kabi rollarni oʻz maromiga yetkazib oʻynagan
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala