Dunyoda

Shoygu KXSHTni Afgʻonistondan jangarilar hujumiga shay boʻlib turishga chaqirdi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
"Tolibon"* Afgʻoniston shimolida chegara nazorat punktlari va yirik maʼmuriy markazlarni egallab olib, Tojikiston va Oʻzbekistonga tahdid solmoqda - Shoygu.
TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Afgʻonistonning Tojikiston va Oʻzbekiston bilan chegarasini “Tolibon”* nazorat qilmoqda, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi davtlarlari terrorchilarning ehtimoliy chegaradan oʻtishiga tayyor boʻlishlari kerak, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
“Oʻzbekiston va Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegarasi “Tolibon”* nazorati ostiga oʻtgani ham biz uchun muhimdir. Afgʻoniston tomonidan oldin ham xavf tugʻdiruvchi omillar – narkotraffik, terrorchilarning Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orqali bizning davlatga kirib kelishi va boshqa xavflar kamaygani yoʻq”, - dedi Rossiya mudofaa vazir yoshlar forumida.
Shoygu aytishiga koʻra, KXSHTdagi hamkorlar bunday xavflarga tayyor turishi kerak. “Oʻzbekiston va Tojikistonning Qurolli kuchlari, “Tolibon”* tomonidan berilayotgan vaʼdalarga qaramasdan, turli fitnalarga tayyor turishi kerak. Biz ham buning uchun barcha ishlarni qilmoqdamiz”, - dedi vazir.
Shoygu shuningdek, Rossiyaning Tojikiston va Qirgʻizistondagi harbiy bazalari haqida va harbiy kadrlar tayyorlash haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning aksariyat ofitserlari bizning oliy oʻquv yurtlarimizda taʼlim olmoqda. Biz shuningdek Tojikiston va Qirgʻiziston armiyasini modernizatsiya qilish bilan shugʻullanmoqdamiz”, - dedi mudofaa vaziri.
Sergey Shoygu aytishiga koʻra, yaqinda Rossiya-Oʻzbekiston hamda Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston maxsu boʻlinmalari ishtirokida Afgʻoniston chegarasi yaqinida boʻlib oʻtgan harbiy oʻquv-mashqlar qoʻshinlar tayyorligini tekshirish va “boʻsh joylarni” aniqlash imkonini berdi.
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Sergey Shoygu Sherali Mirzo bilan Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi bir necha kun davomida “Tolibon”* Afgʻoniston shimolida beshta yirik maʼmuriy markazlarni egallab oldi, jumladan Qunduz shahrini ham. Rasmiy Qobul hozircha ushbu xabarlarni tasdiqlagani yoʻq.
Ushbu yilning may oyida AQSH qoʻshinlarini olib chiqishni boshlaganidan soʻng Afgʻonistonda vaziyat keskin oʻzgardi. Ayni vaqtda AQSH oʻz qoʻshinlarning 95 %ini olib chiqib ketganini maʼlum qilmoqda. “Tolibon”* esa bundan foydalanib mamlakatning shimoliy va gʻarbiy qismida muhim chegara punktlarini va yirik hududlar va maʼmuriy markazlarni egallab oldi va Afgʻoniston rasmiy hukumatidan isteʼfoga chiqishni talab qilmoqda.
* - Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi harakat
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala