Madaniyat

Yangi oʻquv yilida rus tili boʻyicha 600 mingta yangi darsliklar chop etiladi

© Sputnik / Sergey PyatakovUchebniki dlya russkoyazыchnыx shkol v Rossiysko-Tadjikskom (slavyanskom) universitete
Uchebniki dlya russkoyazыchnыx shkol v Rossiysko-Tadjikskom (slavyanskom) universitete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Rossiyalik mutaxassilar bilan hamkorlikda oʻzbek va rus tilida taʼlim beradigan maktablar uchun alohida darsliklar ishlab chiqilmoqda.
TOSHKENT, 11 avg – Sputnik. Rossiya taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi “Klass!” tashabbusi doirasida birgalikda Toshkentda rus tilidan 100 mingta yangi darslik chop etishdi, Xalq Soʻzi xabariga asosan.
Ushbu darsliklardan yangi oʻquv yilida oʻzbek maktablarining ikkinchi sinf oʻquvchilari shugʻullanishadi. Umumiy hisobda 600 mingga yaqin kitoblar chop etilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu darsliklar yangi oʻquv dasturiga muvofiq, rus tilini xorijiy til sifatida oʻrganayotgan oʻquvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ularni yaratishda Rossiya va Oʻzbekistonning yetakchi mualliflari ishtirok etishdi. Jamoaga Gertsen nomidagi RGPU (Rossiya Davlat Pedagogika universiteti) qoshidagi koʻm madaniyatli va ikki tilli OTMlar aro Markazi direktori Yelizaveta Xamrayeva boshchilik qildi.
“Klass!” loyihasi doirasida rus tili yangi darsliklari 3-7 sinf oʻquvchilari uchun foydalaniladi, yangi oʻquv yilidan boshlab esa – 8-11 sinf oʻquvchilari uchun.
Oʻzbek tilida tahlim oladigan maktablar uchun rus tili boʻyicha butunlay yangi darslik ishlab chiqish 2021/2022 yil oxirida yakunlanadi. Shu bilan bir vaqtda rus tilida taʼlim oladigan oʻzbek maktablari uchun oʻquv-darsliklari ishlab chiqish ham boshlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda 2020 yilda va 2021 yilning birinchi yarmida rus tili bilimlari boʻyicha oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasida keng koʻlamli audit oʻrkazishgan edi. Oʻshanda 13 mingga yaqin oʻzbekistonlik oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻz rus tili bilimlari va pedagogik kompetentsiyalarini tekshirishgan edi. Rossiyalik oʻqituvchilar Oʻzbekistonning 70ta maktablarida ish faoliyati olib borishgan edi. 2021 yilning sentyabr oyida yana 100 nafar mutaxassis Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda: 80 nafaroʻqituvchi va 20 nafar metodistlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala