Jamiyat

Bu yilgi abituriyentlar sonining keskin kamayishi sababi nimada

© SputnikSdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnыx ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Joriy yilda davlat taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni oʻtgan yilgiga nisbatan yarim millionga yaqin kamroq.
TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassalarida tahsil olish uchun yildan yilga imkoniyatlar kengayib bormoqda. Bunga yangi oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan berilishi, “temir daftar”ga kirgan yoshlarga alohida imtiyozlar belgilanishini misol qilib keltirish mumkin.
Oʻzbekiston oliy taʼlim maskanlariga 2021-2022 oʻquv yili uchun 950 mingga yaqin abituriyentlar hujjat topshirgan. Bu 2020 yilga nisbatan 535 ming kishiga yoki 36,1 foizga kam. 2019 yilda esa 1 million 66 ming 925 nafar abituriyent hujjat topshirgan.
Xoʻsh, oliygohga hujjat topshirayotganlar sonining kamayishi sababi nimada? Sputnik muxbiri Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi Abduvali Xoliqovning bu boradagi fikrlarini soʻrab bildi
Xoliqovning soʻzlariga koʻra, bu yil hujjat topshirgan abituriyentlarning soni nega keskin kamayganining aniq bir sababini keltirish qiyin.
“Asosiylaridan biri sifatida men professional taʼlimning joriy etilgani deb oʻylayman. Birgina oʻtgan yilning oʻzida bitiruvchilarimizdan 200 ming nafaridan oshigʻi professional taʼlimga qabul qilingan edi. Bu ham kichik koʻrsatkich emas”, - deydi Xoliqov.
U yana bir asosiy sabablardan biri sifatida nodavlat oliy taʼlim, xorijiy oliy taʼlim muassalari filiallari soni koʻpayishi boʻlishi mumkinligini aytdi. Mavjudlarida esa qabul kvotalari soni oshirilgan.
Rabota v laboratorii po standartizatsii elektroniki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Jamiyat
Professional taʼlim tizimida dual taʼlim tashkil etiladi – bu nima
“Ha, aytish mumkinki, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻqish istagidagi yoshlarimiz yildan yilga oshib bormoqda. Xohlaymizmi yoʻqmi, bu oliy taʼlim muassasalari xorijiy dasturlar asosida oʻqitiladi va bitiruvchilariga bozorda talab yuqori. Bugungi kunda oliy taʼlimga kelayotgan har bir yosh kelajagini oʻylab mehnat boʻyicha qaysi bozorda kadrga talab yuqori boʻlsa, oʻsha yoʻnalishda hujjat topshirmoqda. Bu birinchi navbatda yoshlarimizni dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlarga eʼtibor qaratayotganligini, hamda qayerda sifatli taʼlim olish mumkin ekanligi haqida fikr uygʻonayotganligini anglatadi”, - deydi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi.
U xorijiy oliy taʼlim muassalari yoki nodavlat oliy taʼlim muassasalarining barchasi mustaqil ekaniga eʼtibor qaratdi. Ular dasturlarini tuzishda, mablagʻlarini ishlatishda, moddiy texnik baʼzasini yaxshilashda, talabalarni ragʻbatlantirishda, professor oʻqituvchilarning maoshlarini belgilashda ham ancha mustaqil.
“Shu sababli ijobiy oʻzgarishlar koʻproq boʻladi. Bizning oliy taʼlim muassalarida ham bu narsaga endi eʼtibor qaratilayapti. Tashkiliy, akademik boshqaruvda ham erkinlik berilayaptiki, bu oʻzining ijobiy natijasini beradi, albatta”, - deya ishonch bildirdi Xoliqov.
Uning fikricha, abituriyentlar sonining kamayishi bu juda katta yoʻqotish yoki salbiy holat deb baholash notoʻgʻri.
“Har bir holatni yaxshi tomonini tahlil qilish kerak. Yoshlarimiz oʻz mablagʻlarini, oʻz vaqtlarini toʻgʻri yoʻnaltirishni oʻrganishmoqda deyish mumkin. Oliy maʼlumot oldi degani hayotda yaxshi yashab ketdi degan kafolatni bermaydi. Asosiysi, har kim faoliyat olib borayotgan sohasida yaxshi mutaxassis boʻlishi lozim”, - deya xulosa qildi Xoliqov.
Flag universiteta Novыy Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Jamiyat
Universitet emas, orzu: Yangi Oʻzbekiston oliygohiga qanday kirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala