Kolumnistlar

Rossiya va Xitoy orasida tarqoqlik urugʻlari sepishning ayni vaqti - AQSH

© REUTERS / Greg BakerPredsedatel KNR Si Tszinpin vruchil prezidentu Rossii Vladimiru Putinu Medal drujbы v Bolshom zale Narodnogo Sobraniya v Pekine
Predsedatel KNR Si Tszinpin vruchil prezidentu Rossii Vladimiru Putinu Medal drujbы v Bolshom zale Narodnogo Sobraniya v Pekine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Putindan soʻng hukumat boshiga keladigan yangi avlod elitasi orasida Xitoyga qarshi tarqoqlik urugʻlari sepishning ayni vaqti, deb hisoblaydi AQSH eksperti.
Amerika oʻzining Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan strategiyasida butunlay chalkashib qoldi. Amerika davlat kotibi Entoni Blinken Moskva va Pekin ustidan arz qilarkan shunday deydi:
“Rossiya va Xitoy hukumatlari – boshqalar bilan bir qatorda omma oldida AQShning obroʻyini toʻkishga harakat qilishmoqda. Ular AQSH inqirozag yuz tutayotganini aytib boshqa davlatlarga oʻz kelajagini demokratik AQSH bilan oʻzlarining avtoritar rejimlari bilan bogʻlashga chaqirishmoqda. Biz ularga haligacha har taraflama juda kuchli davlat ekanligimizni eslatib qoʻymoqchimiz”.
Deya, bosh kotib AQShning turli kuchli tomonlarini sanab oʻtdi: ularning tengi yoʻq alyans va hamkorlar tarmogʻi, Yer sharida eng jangovar qurolli kuchlari va boshqalar. Shu bilan birga, Blinken AQShning ayrim zaif tomonlari, xususan, ichki infrastuzilma sifati boʻyicha dunyoda 13-oʻringa tushib ketgani, innovatsiyalarga kiritilayotgan sarmoyalarning YAIMga nisbati boʻyicha 9-oʻringa tushib ketganini va boshqa faktorlarni sanab oʻtdi.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Shundan soʻng oʻz prezidenti Baydenning soʻzlarini takrorlab, “bugungi kunda demokratiya butun dunyoda xavf ostida ekanini, avtoritarizm va millatchilik tobora kuchayib borayotganini” va “AQSH inson huquqlari uchun har kuni kurash olib borayotganini” aytib oʻtdi.
Ushbu gaplardan soʻng oʻz-oʻzidan savol paydo boʻladi, agar AQSH haqiqatdan shunchalik kuchli va yetakchi davlat boʻlsa, boshqalarning ularga qarshi tashviqoti ularga qanday zarar yetkazishi mumkin?
Aslida esa, AQSH oʻz kuchiga unchalik ishonmaydi. Ha, toʻgʻri ularning moliya tizimi Xitoynikidan hali ham kuchli, Qurolli kuchlari esa Rossiya armiyasidan koʻra qudratliroq. Umumiy geosiyosiy taʼsiri ham haligacha juda katta, lekin ayni damda bu yetakchilik ularning panjalari ostidan sirgʻalib chiqib ketmoqda. Va bunga sabab Rossiya va Xitoy agitatsiyasi emas, balkim Amerika qanday holda ekanini butun dunyo oʻz koʻzi bilan koʻrib turganidir.
Amerikaning global yetakchilik strategiyasi, amerikancha dunyo gʻoyasi – amalga oshmadi. Bu strategiyaning tezkor qayta ishlab chiqishga boʻlayotgan urinishlar ham – muvaffaqiyatsiz boʻlmoqda. Amerika ichidagi mojarolar – dunyo bularning hammasini kuzatib turib oʻziga kerakli xulosalarni chiqarib olmoqda.
Kuchsizlikning yana bir belgisi – bu raqib ustidan toʻxtovsiz arz qilish. Soʻnggi yillarda AQSH Rossiya va Xitoyni ayblamagan qaysi gunoh qoldi oʻzi? Xakerlar aralashuvi, doping, zaharlash, koronvirus kelib chiqishi, shimoly oqim qurilishi va yana koʻplab isbotsiz dalilsiz ayblovlar. Endi boʻlsa AQShga qarshi propaganda ham qoʻshildi.
Shu oʻrinda Vashingtonning tez-tez “Siz ularga ishonmang, biz aslida kuchlimiz”, deb takrorlashi - hatto biroz kulguli eshitiladi.
Spasskaya bashnya Moskovskogo kremlya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2020
Analitika
Moskva — Vashington — Pekin: koronainqiroz "Katta uchlik" vujudga kelishini tezlashtiradi
Aslida esa Moskva va Pekin koʻproq oʻz ishlari bilan band. Ular dunyoda yangi tartib oʻrnatish, yangi kuchlar muvozanatini shakllantirish bilan band. AQSH pastga qarab ketmoqda va bu jarayon qancha vaqt davom etishini hech kim bilmaydi - balkim 10 yil balkim 30 yil.
Ushbu vaqt davomida ham AQSH dunyoda oʻz gegemonligini saqlab qolishga harakat qilayotgan eng kuchli davlat boʻlib qoladi. Bunday “yetakchilik”ga urinish oʻzi uchun ham boshqalar uchun ham juda xavfli boʻlishi mumkin. Buni Rossiya ham Xitoy ham yaxshi tushunishadi: bizga AQShning keskin qulashi kerak emas – va qulayotgan gegemon bilan urush ham mutlaq ortiqcha. Bizga AQSH sekin-asta pastga tushib oʻzini bosib olishi kerak.
Ularning bugungi strategiyasi esa, mutlaqo boshqacha koʻrinadi: AQSH Xitoy undan oʻzib ketib global kuchga aylanmasdan oldin, kuchli zarba berib oʻz oʻrniga solib qoʻyishni istaydi. Buning uchun Amerika Xitoy va Rossiyani bir-biridan ajratishi kerak. Buni koʻpchilik amerikalik strateglar yaxshi tushunishadi, lekin qanday amalga oshirishni bilishmaydi.
Oldinlari AQSH Rossiya va Xitoy ittifoqi hech qachon strategik mustahkam boʻlmaydi deb hisoblashar edi. Bunga qator sabablar, jumladan amerkaliklar fikriga koʻra “kuchli tahlilchi” boʻlgan rossiyalik ekspertlar xulosasi ham sabab boʻlgan. Bunday fikrlash 2014 yildan keyin ham saqlanib qolgan. Ular Rossiya elitasi “gʻarbparast” biz istagan vaqtimiz ularni oʻzimizga qaratib olishimiz mumkin deb hisoblashar edi. Xullas, AQSH Rossiya va Xitoy munosabatlari ularga umuman bogʻliq emasligini uzoq vaqt davomida inkor qilib kelishgan edi.
Tramp davrida Amerika yetakchilari Xitoyga bosimni oshirish va Rossiyaga bosimni kamaytirishga ham harakat qilib koʻrishdi. Lekin buning natijasi kutilganidan aksi boʻldi – Rossiya va Xitoy alyansi yanada kuchaydi.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Endi boʻlsa Bayden Rossiya va Xitoyga qarshi qaratilgan - “jahon avtoritarizmi” bilan mafkuraviy kurashni boshladi. Bu bilan Amerika oʻzini boshi berk koʻchaga yetakladi.
Amerikaliklar Rossiya va Xitoy munosabatlarini ichidan buzib yuyuborishga harakat qilishmoqda va ular ushbu buzilishni aynan Rossiya tomonidan amalga oshirilishiga harakat qilishmoqda. Buning uchun ular ruslarni Xitoy bilan birga boʻlmaslikka, har tomondan ishontirishga harakat qilishmoqda.
“Rossiya va Xitoy bir biriga mos hamkorlar emas, ular tarixda ham har doim raqobat qilib kelgan va ushbu raqobatning ildizlari hali ham bor. Rossiyada 150 million aholi yashasa, Xitoyda 1,5 milliard, Xitoy iqtisodi Rossiyanikidan 10 baravar katta. Texnologik jihatdan ham Xitoy juda yuqori, ustiga ustak u oʻzining “Bitta belbogʻ, bitta yoʻl” tashabbusi bilan anʼanaviy Rossiya taʼsir hududi boʻlgan Markaziy Osiyoga kirib olmoqda. Shuningdek Xitoyning Arktika hudida ham rejalari bor. Ushbu tafovutlarni Kreml, albatta, juda yaxshi biladi va Xitoyning arktik rejalaridan biroz xavtirda.
Shuncha katta farq boʻlishiga qaramasdan Rossiyaning Xitoy bilan doʻst tutinishi, Moskvaning Gʻarbdan norozi ekanidan darak beradi. Lekin vaqt oʻtishi bilan Rossiya va Xitoy orasidagi tafovut tobora kattarib boradi va Kreml uchun noqulayliklar tugʻdira boshlaydi.
Vashington ushbu vaziyatdan foydalangan holda, Rossiya uchun geosiyosiy va iqtisodiy xatarlarini kamaytirish maqsadida, Moskvani faqat Xitoyga bogʻlanib qolmasdan Gʻarb bilan yaqinlashishga undashi kerak”.
Yuыorida keltirilgan satrlar Foreign Affairs jurnalida chop etilgan “Vashington Moskvaga Pekin bilan baxtsiz nikohidan ajralishga yordam berishi kerak” mavzusidagi maqolasida aytib oʻtilgan. Muallif Jorjtaun universiteti professori hamda Xalqaro munosabatlar kengashi katta ilmiy xodimi Charlz Kapchanga tegishlidir.
Charlz Kapchan shunchaki professor emas, u Obama davrida milliy xavfsizlk kengashi aʼzosi boʻlgan. Yaʼni bu shunchaki ekspert xulosasi emas “Vashington botqogʻining” fikri deb aytish mumkin.
Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel Kitayskoy Narodnoy Respubliki (KNR) Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2020
Analitika
Rossiya va Xitoy qoidalarni qayta yozmoqda. AQSH “yangi davr”da yashashga tayyorlanmoqda
Kapchan Rossiyani Xitoydan ajratish oson boʻlmasligini tushungan holda, rossiya-xitoy munosabatlarig barcha yoʻnalishlarda hujum qilishni taklif qilgan: ular orasida Rossiya aholisini xitoyliklarning Uzoq Sharq oʻlkasini “egallab olishi”dan tortib, “hamma narsani Xitoyga sotgan Putin”gacha bor.
Kapchanning yana bir haqiqatdan yiroq xulosasi, Rossiya va Xitoy munosabatlari faqat Si Tszinpin va Vladimir Putinning oʻzaro ishonchli va iliq munosabatlariga bogʻliq va ishonchli asosga ega emas.
Muallif Moskvani Pekindan ajratish uchun AQSH hukumatiga keng koʻlamli tadbirlar roʻyxatini taklif qilgan. Ular orasida AQShning “demokratiya avtokratiyaga qarshi” tashabbusidan voz kechish, Moskva bilan strategik barqarorlik, kiberxavfsizlik va iqlim oʻzgarishi kabi masalalarda tutash nuqtalarini topish va boshqalar bor.
Qizigʻi, AQSH ushbu tadbirlarni nafaqat oʻzi, balkim oʻz hamkorlarini ham bajarishga majbur qilishga tayor. Hamkorlar orasida Hindiston ham bor va muallifga koʻra, “ushbu maqsad yoʻlida Hindistondan ayniqsa samarali foydalanish mumkin”. Buning uchun AQSH S-400 sotib olish borasida Hindistonga qarshi kiritilgan sanktsiyalarni ham bekor qilishga tayyor.
Shunindek, amerikalik ekspert-siyosatchi “Rossiyaga Xitoydan bogʻliqlikni kamaytirishda ham yordam berishga tayyor”. Shu oʻrinda Kapchan “Shimoliy oqim-2”ga yashil chiroq yoqqani uchun maqtadi. Bu Rossiya vaYevropa munosabatlarini chuqurlashtirish mumkin".
Amerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.01.2019
Siyosat
AQSH: Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoda oʻz taʼsirini kuchaytirmoqda
Ajratish jarayonining yana bir yoʻnalishi, bu Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikada Xitoyning strategik va iqtisodiy taʼsirining oshib borayotganiga qarshi kurashishdir. “AQSH ushbu yoʻnalishlarda Rossiya manfaatlariga aynan Xitoy doimiy ravishda zarar yetkazib kelayotganini Rossiyaga uqtirishi kerak”, deb yozadi ekspert.
Bu borada Kapchan, albatta, oʻziga maʼqul boʻlgan gʻoyalarni haqiqat deya mubolagʻa qilmoqda, chunki na Rossiya na Xitoy siyosati bir-birining rivojlanishini “ushlab turishga” qaratilmagan. Ularning ikkisi ham AQSH va umuman anglosakslarni Yevroosiyodan quvib chiqarishni istaydi xolos.
Umuman olganda Kapchanning maslahatlarida hech bir yangilik yoʻq – ulardan yagona xulosa shuki, agar Moskva va Pekin orasida mafkuraviy urush boshlansa, u juda xavfli boʻlishi mumkin. Bayden maʼmuriyatining bir qismi aynan mana shunga harakat qilmoqda.
Kapchan gʻoyalari juda puxta oʻylangan, mantiqan raso boʻlsada, amalda ular haqiqatdan ancha uzoq boʻlib qolmoqda. Vashington hech qachon Moskvani Pekindan ajrata olmaydi.
Lekin ushbu buzgʻunchi gʻoyalar orasida, faqat bittasi – hayotga tatbiq etilishi mumkin. U juda oddiy – “milliy elitalar sotilishi” deyiladi.
“Putin davlat boshida ekan Rossiya hozirgi yoʻnalishida davom etishi mumkin. Lekin Xitoy shaxdam qadamlar bilan geosiyosiy rivojlanish yoʻlidan borarkan, hozir Moskva va Pekin orasida oʻzaro dushmanlik urugʻlari sepishning ayni vaqti. Ayniqsa Putin ketganidan keyin hukumat boshiga keladigan, Rossiya davlat xizmatchilarining yangi, yosh avlodi orasida”, - deb yozadi Kapchan.
Ha bu ular uchun toʻgʻri gʻoya, Putindan keyin keladigan avlodlar Xitoy bilan strategik hamkorlikni Gʻarb bilan yaqinlikka almashtirishi kerak. Yaʼni Rossiya milliy manfatlaridan voz kechishi, ularni sotishi va davlat rivojlanish yoʻnalishini oʻzgartirishi kerak.
Bu yerda faqat bir narsa deyish mumkin – Bu hach qachon malga oshmaydi. Chunki Putindan keyin kelayotgan yangi milliy elita elita, Putin tomonidan yaratilmoqda va ular Gʻarbga tobelikdan xoli boʻladi va Sharqqa ham tobe boʻlib qolmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala