Jamiyat

Bolalar ombudsmani instituti taʼsis etildi

© Unsplash / Marisa HowenstineDeti sostavlyayut igrayut v nastolnыe igrы
Deti sostavlyayut igrayut v nastolnыe igrы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Bolalar ombudsmani oʻz vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi, faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra:
Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) instituti taʼsis etildi;
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi tugatildi.
Bolalar ombudsmani:
- oʻz vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi, faoliyatida Oliy Majlis palatalariga hisobdordir;
- Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Bolalar ombudsmani lavozimiga nomzod Oliy Majlis palatalari koʻrib chiqishi uchun Prezident tomonidan kiritiladi.
Farmonga koʻra, Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Jamiyat
Sentyabrdan bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshadi – yangi qonun
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan quyidagilar tashkil etiladi:
Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati tarkibida Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻʼbasi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati;
- tuman (shahar) hokimliklarida bolalarni himoya qilish shoʻʼbalari.
Vazirlar Mahkamasi shoʻʼbasi va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining hududiy tuzilmalariga ishga birinchi navbatda “psixologiya”, “yurisprudentsiya” va “ijtimoiy ish” sohalari boʻyicha oliy maʼlumotga ega fuqarolar qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala