Jamiyat

Oʻzbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi

© Sputnik / Oliver Ondras / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya preparatom Sputnik V
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Emlash ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalar tibbiyot xodimlaridan 647 nafar vaktsinatorlar tayyorlangan.
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi
Shuningdek, tibbiyot punktlarida 81 ta emlash punktlari, Markaziy harbiy klinik gospitali, Markaziy shifoxona va harbiy gospitallarda 8 ta emlash brigadasi tashkil etildi. Shtatida tibbiyot xizmati, tibbiyot xizmatining shifokor lavozimi boʻlmagan harbiy qism va muasasalarning shaxsiy tarkibi harakatdagi emlash brigadalari tomonidan emlash ishlari olib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Emlashda asosan ZF-UZ-VAC-2001 xitoy-oʻzbek vaktsinasidan, shuningdek “Sputnik V”, “Moderna” vaktsinalaridan foydalanilmoqda.
“Bugungi kunga kelib Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining 94,7 foizi — 1-bosqichda, 91,6 foizi — 2-bosqichda, 61,1 foizi esa 3-bosqichda emlandi”, - deyilgan xabarda.
Avgust oyidan boshlab Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini emlash yoʻlga qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala