Jamiyat

Qaysi vaktsina delta-shtammdan yaxshiroq himoya qiladi?

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Pfizer vaktsinasining delta shtammga qarshi samaradorligi - 42%, Modernaniki — 76%, "Sputnika V"ning samaradorligi esa — 83%ni tashkil qilgan.
TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Amerikaning MedRxiv sayti xabariga koʻra, hamma vaktsinalar ham koronavirusning delta shtammidan samarali gʻimoya qila olmaydi.
Xususan, Pfizer vaktsinasining delta shtammga qarshi samaradorligi - 42%ni tashkil qilgan, Moderna vaktsinasiniki esa — 76%. Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko bir necha kun oldin "Sputnika V" vaktsinasining koronavirusga qarshi samaradorligi 83%ni tashkil qilishini maʼlum qilgan edi.
Amerikalik olimlar oʻtkazgan tadqiqotda Moderna va Pfizer vaktsinalari bilan emlangan 180 ming kishi ishtirok etdi. Tadqiqotning maqsadi, uzoq vaqt davomida vaktsinalarning turli yangi shtammlarga qarshi samaradorligini baholash edi. Shu sababli ham izlanishlar bir necha oy davomida: yanvardan iyulgacha oʻtkazilgan.
Flakon s vaktsinoy Pfizer/BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Dunyoda
Isroil “Pfizer” vaktsinasining delta-shtammga qarshi samarasiz ekanini maʼlum qildi
Oʻtgan davrda ikkala vaktsina ham koronavirusning dastlabki shtammiga qarshi yuqori samaradorlik koʻrsatgan: Moderna – 86%, Pfizer — 76%. Lekin iyul oyida, yangi shtamm paydo boʻlganidan soʻng ularning samaradorligi pastga tushgan.
“Minnesota shtatida oʻtkazilgan tadqiqotda mRNA-1273 (Moderna) vaktsinasining samaradorligi 76%, BNT162b2 (Pfizer) vaktsinasining samaradorligi esa - 42%gacha tushishi kuzatildi”, - deyilgan xabarda.
Tadqiqotning yakuniy xulosasai sifatida olimlar Moderna vaktsinasi bilan emlanganlar butun kuzativ davomida Pfizer bilan emlanganlarga nisbatan 2 baravar yaxshiroq himoyalangan, deb xabar qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala