Rossiya va O‘zbekiston jurnalistlari OAVni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishadi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishLogotip Rossotrudnichestva
Logotip Rossotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat jurnalistlari Toshkentda media sohasidagi joriy vaziyatni muhokama qilib, yangi yondashuvlarni ishlab chiqadilar.
TAShKENT, 12 avg — Sputnik. Rossotrudnichestvo tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bazasida "Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ochiq muloqot: jurnalistika, media va formatlar" deb nomlangan davra suhbati o‘tkaziladi.
Tadbir "MedIATSIYa: Toshkent haftaligi" xalqaro dasturi doirasida o‘tkazilmoqda. Tadbir Moskva davlat universitetisobiq ittifoq hududidagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahliliy markazi va O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi tomonidan Prezident grantlari jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Solnse na vkus - protsess syemki novogo rossiysko-uzbekskogo filma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
Qalblarni eritgan o‘zbek quyoshi: O‘zbekiston va Rossiya ijodkorlarining yangi kartinasi
Ma’lum qilinishicha, mintaqaviy muloqot vaqtida media va jurnalistika sohasidagi mavjud vaziyatni muhokama qilish taklif etilmoqda.
"Tajriba almashish va yetakchi OAV vakillari bilan birgalikda ishlash yangicha yondashuvlar va amaliyotlarni ishlab chiqish, mavjud ko‘nikmalarni takomillashtirish va muammolarga yechim topishga yordam beradi", deyiladi press -relizda.
Davra suhbati raqamli jurnalistika, axborotni yuzaki qabul qilish - klip fikrlash, OAV va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik modellari, shuningdek, ikki mamlakat jurnalistlarining o‘zaro aloqalari istiqbollari kabi mavzularni muhokama maydoniga aylanadi.
Dastur yakunida jurnalistlar puli yaratiladi, bu kelajakda Rossiya bo‘ylab press-tur va "Markaziy Osiyo + Rossiya" formatidagi keng ko‘lamli konferensiya doirasida ishtirokchilarni media kuntartibi bo‘yicha birlashtirish imkonini beradi.
Uchrashuv 2021-yilning 19-avgustida 18.00da quyidagi manzilda bo‘lib o‘tadi: Toshkent, Vosit Voxidov ko‘chasi, 55.
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish uchun mediaschool.mediaciya@gmail.com manziliga FIO, lavozimi va telefon raqami yozilgan ma’lumotlarni 17-avgust kuniga qadar yo‘llash kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0