Jamiyat

Sentyabrdan bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshadi – yangi qonun

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Birinchi sentyabrdan boshlab kam taʼminlangan oilalarga 18 yoshgacha toʻlanadigan yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi.
TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Ushbu yilning 1 sentyabridan boshlab, kam taʼminlangan oilalarda bolalar nafaqalarining miqdori va qamrovi oshiriladi. Bu haqida yangi qabul qilingan Prezident farmonida aytib oʻtilgan.
Xususan, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa oʻrniga - 18 yoshgacha toʻlanadigan yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi.
Bolalar nafaqasining yangi miqdorlari belgilanadi:
3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzand uchun — 250 000 soʻm (+56 000 soʻm);
3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzand uchun — 325 000 soʻm (+131 000 soʻm);
ikkinchi farzand uchun qoʻshimcha — 150 000 soʻm (+186 000 soʻm);
uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun — 100 000 soʻmdan (amaldagi 190 ming soʻmdan 290 ming soʻmgacha koʻp);
moddiy yordamning miqdori — 380 000 soʻm.
2022 yil 1 yanvardan boshlab “kam taʼminlangan” toifasiga kiritishda, oilaning jon boshiga bir oylik daromadi va Respublikada belgilangan jon boshiga minimal isteʼmol xarajatlar miqdori hisobga olinadi. Minimal xarajatlar miqdorini Statistika qoʻmitasi muntazam eʼlon qilib boradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala