Jamiyat

Surxondaryoda 1,7 million aholi ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar boʻlishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Surxondaryo viloyatida 1,7 million kishini ichimlik suvi bilan taʼminlash yaxshilanadi. Bu haqida prezident huzurida 11 avgust kuni boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida maʼlum boʻldi.
Yangi loyihaga muvofiq "Toʻpalang" suv omboridan ichimlik suvi tarmogʻi tortiladi. Suv omborining quyi qismida bosimni soʻndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi.
Yangi ichimlik suvi tarmogʻi uchun jami 361 kilometr quvur tortiladi, Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv taʼminoti yaxshilanadi, - deyilgan xabarda.
Loyihaning umumiy qiymati 138 million dollar boʻlishi hisob-kitob qilingan. Uni 2024 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisining 46 % markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan, 218 ta suv inshooti va 3 ming kilometrdan ziyod tarmoqlar taʼmirga muhtoj. Viloyatning janubiy tumanlari va Termiz shahrida suv mineralizatsiyasi miqdori oshgan.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida “Toʻpalang” suv omboridan ichimlik suvi tarmogʻi tortish boʻyicha koʻrsatma bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala