Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar marshal Doʻstumning oʻgʻlini asir olgani haqida aytishmoqda

© AFP / WEDAEtnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24 dekabrya 2001 goda
Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24 dekabrya 2001 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Afgʻonistondagi oʻzbek diasporasi yetakchisining oʻgʻli asir olingani haqidagi xabar rasman tasdiqlanmagan
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻonistonning buyuk harbiy qoʻmondoni marshal Doʻstumning oʻgʻli jangarilar tomonidan asir olingani haqida xabarlar paydo boʻldi.
Sputnik Afgʻonistonning xabar berishicha, bu singari maʼlumotlarni toliblarga xayrixoh boʻlgan akkauntlar tarqatmoqda.
Rashid Dustum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Kolumnistlar
AQShning Afgʻonistondan chiqishi va general Doʻstum qoʻzgʻoloni
Taʼkidlanishicha, Doʻstumning oʻgʻli boshqa askarlar bilan birga Juzjon provintsiyasi markazida Shibargan aeroportida asir olingan.
Rasmiy OAVlar esa ushbu maʼlumotni rasman tasdiqlamayapti. Ularning soʻzlariga koʻra, kichik-Doʻstum boshqa provintsiyalarda toliblarga qarshi kurashmoqda.
Eslatib oʻtamiz, marshal Doʻstum shu kunlarda Turkiyadan qaytdi. Oʻsha vaqtdan buyon toliblar uning uyiga oʻt qoʻyishga ulgurishdi.
Doʻstumning oʻzi oʻtgan chorshanbada toliblar mamlakatning shimoliy qismida tor-mol qilingani haqida maʼlum qilgan edi. Afgʻon harbiy qoʻmondoni shimol aholisi jangarilarga qarshi isyon koʻtarishiga ishora qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala