Jamiyat

Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlandi.
Ekstremistlar Toshkent viloyati Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan "Xavfsiz hudud" tezkor tadbiri davomida qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zdaniye MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2021
Hodisalar
IIV ekstremistik guruhlarga qoʻshilib ketgan 10 nafar oʻzbekistonlikni qidiruvga berdi
Shuningdek, yonida tigʻli jism olib yurish, belgilangan karantin va "Pasport-viza" qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilish, bezorilik hamda noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda chora koʻrilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati hududida IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilayotgani va uning natijalari eʼlon qilib borilishi haqida xabar berilgandi.
Tadbir doirasida jinoyat sodir etib tergov va sud organlari tomonidan qidiruv eʼlon qilingan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini taʼminlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilab olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala