Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Obuna bo‘lish
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlandi.
Ekstremistlar Toshkent viloyati Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Xavfsiz hudud" tezkor tadbiri davomida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
IIV ekstremistik guruhlarga qo‘shilib ketgan 10 nafar o‘zbekistonlikni qidiruvga berdi
Shuningdek, yonida tig‘li jism olib yurish, belgilangan karantin va "Pasport-viza" qoidalarini buzish, jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilish, bezorilik hamda noqonuniy ov quroli saqlash kabi bir nechta holatlar aniqlanib belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati hududida IIBB hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan "Xavfsiz hudud" keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilayotgani va uning natijalari e’lon qilib borilishi haqida xabar berilgandi.
Tadbir doirasida jinoyat sodir etib tergov va sud organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingan shaxslarni aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar belgilab olingan.
Yangiliklar lentasi
0