Turizm

Turizm nokdaunda, lekin taslim emas

© SputnikDostoprimechatelnosti v Buxare
Dostoprimechatelnosti v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Oʻzbekistonda turizm sohasi ogʻir ahvolda, lekin yil boshidan buyon rossiyalik va mahalliy sayyohlar oqimi oʻsishi kuzatilmoqda.
Pandemiyadan eng koʻp ziyon koʻrgan sohalardan biri bu – turizm boʻldi. Mutaxassislarning BMT manbalariga tayanib berayotgan maʼlumotlariga koʻra, pandemiyaning halokatli taʼsiri oqibatida jahon iqtisodiyoti 2020-21 yillarda 4 trillion dollardan koʻproq zarar koʻrgan.
Oʻzbekistonda ham sayyohlik industriyasi eng tez rivojlanib kelayotgan yoʻnalishlardan biri edi. Misol uchun, 2016-yilda yurtimizga 1,3 million nafar xorijlik fuqaro tashrif buyurgan boʻlsa, 2019-yilga kelib bu koʻrsatkich 6,7 million nafarga yetgan. Natijada, turizm xizmatlarining eksporti 3 baravarga oshib, 1,3 mlrd. dollarni tashkil qildi.
Vstrecha ministrov turizma tyurkoyazыchnыx stran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi
Biroq oʻtgan yili boshlangan pandemiya nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoda bunday oʻsish tendentsiyalarini yoʻqqa chiqardi. Ishsizlik dunyo boʻyicha oʻrtacha 5,5 foizga, iqtisodi turizmga bogʻlangan mamlakatlarda esa 15 foizgacha ortgani aytilmoqda. Qayd etilgandek, zararlar trillionlar bilan oʻlchanadigan boʻldi...
Lekin hayot davom etayapti. Mamlakat uchun nihoyatda salohiyatli sohani qoʻllab-quvvatlash maqsadida 20 ga yaqin turli darajadagi hujjatlar qabul qilindi. Hamma gap ularning qanchalik ishlayotganida... Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 1-iyul holatiga turistik tashkilotlar soni 3 baravarga, oilaviy mehmon uylari qariyb 20 baravarga ortgan, oʻn minglab yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Ammo asosiy savol – bu turistik tashkilotlaru yangi mehmon uylarida sayyohlar bormi?
Turizm sohasi nokdaun holatida boʻlsa ham, lekin hozircha butunlay taslim boʻlgani yoʻq. Sayyohlar soni 2019 yilga solishtirganda, ancha kamaygan boʻlsada, lekin bor. 2020 yilda Oʻzbekiston chegarasini 1,5 mln. xorijlik fuqaro kesib oʻtgan boʻlsa, 2021 yilning olti oyda 900 ming, yil oxirigacha 1,7 mln boʻlishi kutilmoqda.
Albatta, ushbu fuqarolarning barchasi ham Oʻzbekistonga turizm maqsadida kelayotganlar emas. Odatda ularning 80%dan ortigʻi shaxsiy va boshqa maqsadlarda kelayotgan qoʻshni yoki MDH davlat fuqarolari boʻladi.
Frantsiya pomojet razvit turisticheskuyu infrastrukturu Uzbekistana
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2021
Turizm
Frantsiya Oʻzbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi
Aynan turizm maqsadida kelayotgan sayohlar sonini bilish uchun Oʻzbekistonning ikki sayyohlik durdonasi – Samarqand va Buxoroga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar soniga qaraymiz: Roʻyi zamin sayqaliga soʻnggi ikki “pandemiya yili”da 52 000 va 54 500 nafar xorijlik yurtkezar tashrif buyurgan. Buxoroda esa bu koʻrsatkich mos ravishda 14 000 va 15 000 ni tashkil etadi. Oʻzbekistonning yoz jazirasidan koʻra sayyohlar uchun yoqimliroq boʻlgan kuz mavsumi oldinda turganini inobatga olsak, raqamlar sezilarli ortishi ehtimolga yaqin.
Undan tashqari, pandemiyaga qaramasdan Oʻzbekistonda ichki turizm ham rivojlana boshladi. Xususan Samarqandga 2020 yilda 582 ming va 2021 yilning birinchi yarmida 1, 032 mln mahalliy sayyoh tashrif buyurgan. Buxoroga esa oʻtgan yilda 236 ming va 2021 yilning birinchi yarmida - 1, 236 mln mahalliy turistlar kelgan.
Tarmoq vakillari davlat tomonidan qanchalik qoʻllab- quvvatlanayapti? Prezident Farmoniga asosan mehmonxona va turoperatorlik tashkilotlarining xodimlarini saqlab turish maqsadida ularning oylik maoshlari toʻlab berildi. Olingan kredit toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, subsidiyalar ham bor. Buxoroda yangi mahsulot, yangi yoʻnalish taqdim etgan turfirmalar va gidlar 10 million hamda 5 million soʻm miqdorida ragʻbatlantirildi.
Bu chora-tadbirlar kutilganidek samara berayaptimi? Ijobiy taraflarini yuqorida koʻrib chiqdik. Koʻngil toʻlmayotgan jihatlari esa... Misol uchun, Samarqandda xodimlarning maoshini toʻlab berish yuzasidan saʼy-harakatlar 39 ta mehmonxona va turoperatorlarni qamrab olgan, xolos. Buxoroda esa 5 million soʻm ishlab olish imkoniyatidan atigi 10 foiz gidlar foydalangan...
Gʻolibjon (buxorolik gid): 2020-yil biz uchun ayniqsa murakkab boʻldi. Men tanigan bironta gid ishlamadi, hisob. Joriy yilda ancha “jonlanish” bor. Bir oyda taxminan bir hafta band boʻlyapmiz. Shunga ham xursandmiz – qozon qaynab turibdi. Misol uchun, 2019 yilda biron kun ishsiz oʻtirmas edik. Davlat tarafidan gidlarga qandaydir moddiy yordam koʻrsatilgani haqida eshitmadim. Ayrim hamkasblarimiz ishini tashlab, boshqa sohalarga oʻtib ketishayapti...
Predstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Turizm
Oʻzbekiston va Tojikiston sayyohlar uchun “yashil yoʻlak” ochmoqchi
Gidlarning oʻz sohasini tark etishi haqiqatan ham tashvishli holat. Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Suhrob Bobokalonovning fikriga koʻra, bitta malakali gidni tayyorlash uchun taxminan 10 yil vaqt kerak boʻladi. Yaxshi gid – tirik entsiklopediya degani. Ularni imkon qadar saqlab qolish lozim. Aks holda, 2019-yilgi 600 minglik koʻrsatkichga chiqish oson boʻlmaydi.
Shuhrat aka (Toshkentdagi turistik firma rahbari): Bizning firmamiz unchalik katta emas, bor-yoʻgʻi bir nechta xodim ishlaydi. Bu yil yoz oylarida bironta ham turistga xizmat koʻrsata olmadik. Boshqalarni bilmadimu, bizning firmamizga davlat tarafidan hech qanday yordam taklif qilinmadi, oʻzimiz ham madad soʻrab murojaat qilmadik. Kuzda ahvol yaxshilanishiga umid qilyapmiz. Sentyabrda Rossiyadan 3-4 nafar sayyoh kutilyapti, shunga koʻz tikib turibmiz...
Darvoqe, rossiyalik sayyohlar haqida. Turizm va sport vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, 2019 yilda mamlakatimizga qariyb 456 000 nafar rossiyalik mehmon tashrif buyurgan. Oʻtgan yili koʻrsatkich 82 000 nafarga tushib ketdi. Lekin bu yil oʻsish bor. Olti oyi davomida ushbu mamlakatdan salkam 72 000 sayyoh roʻyxatga olingan.
Bukhara Desert Oasis & Spa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Analitika
Oʻzbekiston 2024 yilda turistlar uchun toʻliq ochilishga shay turishi kerak - ekspert
Bugungi kunda ekstremal turizm, gastronomik turizm kabi yoʻnalishlarning rivojlanib borayotganiga qaramasdan, Oʻzbekistonning asosiy turistik salohiyati tarixiy yodgorliklar bilan bogʻliq. Koʻp asrlik meʼmoriy obidalar va xalqimizning boy tarixi koʻproq oʻrta va katta avlod vakillarini jalb etishi ham tabiiy holdir. Sohada oʻn yildan ortiq vaqt davomida faoliyat olib borayotgan suhbatdoshimizning fikriga koʻra, koʻngilochar turizmni xohlaydiganlar Tailand, Turkiya kabi davlatlarga, dengiz boʻyi mamlakatlariga boradi. Oʻzbekistonni tanlagan sayyohlarni esa, jumladan, rossiyaliklarni ham, birinchi navbatda, qadim yodgorliklar, Ipak yoʻli tarixi bilan bogʻliq maskanlar oʻziga jalb etadi. Demak, bundan toʻgʻri foydalana bilish, servis darajasini oshira borish lozim.
“Sayyohlik nuqtai nazaridan Turkiyani Turkiya qilgan omil – mehmondoʻstlik va sifatli xizmat. Bu davlatda turizm soʻnggi 20 yilda keskin rivojlandi. Sababi, ular oʻzlari uchun qatʼiy qoida oʻrnatishgan edi: har bir sayyohni oʻzimizning shaxsiy mehmonimizdek qabul qilamiz, toki unda yana qaytib kelish istagi tugʻilsin. Oʻzbekistonda esa hech qanday tartib-qoida oʻrnatishga hojat yoʻq – benazir mehmondoʻstlik bizning genlarimizda bor. Mehmon otangday ulugʻ, degan maqolni yana qaysi xalqda topa olasiz?”
Oʻzbekistonning tarixiy obidalari, madrasa va masjidlari karvonsaroy va maqbaralari ne-ne balolarni koʻrib asrlar osha bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ularning sabot va matonati oldida pandemiya nima boʻlibdi? Taʼrifi dillarda doston boʻlgan bobomeros obidalar yana yetti iqlimdan millionlab sayyohlarini oʻziga jalb qilishi muqarrar. Buning uchun yana biroz vaqt kerak xolos...
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala