Jamiyat

Tver viloyatida Urush yillarida bedarak yoʻqolgan yana bir oʻzbek askari topildi

© PO "Pioner"Poiskovыy otryad "Pioner"
Poiskovыy otryad Pioner - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Ikkinchi Jahon urushi yillarida bedarak yoʻqolgan Toshkentlik askar Aminov Hasanning yaqinlarini qidirilmoqda.
TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Yettinchi avgust kuni Rossiyaning Tver viloyati, Rjev shahri yaqinida Ikkinchi Jahon urushi yillarida bedarak yoʻqolgan yana bir Oʻzbekistonlik askarning qoldiqlari topildi.

Askar medalonidagi yozuvga muvofiq, u Toshkent shahri, Oktyabr tumani, Hamza koʻchasi, 15 boshi berk koʻcha, 41 uyda yashovchi, 1915 yilda tugʻilgan Aminov Hasan. Turmush oʻrtogʻining familiyasi Tadjiyeva. Qidiruv jamoasi Oʻzbekistonda ushbu askarning yaqinlarini topishda yordam berishni soʻramoqda*.

 
Maʼlumot uchun “Pioner” qidiruv jamoasi 2016 yilda Mixail Bogdanov nomli koʻngilli fuqaro tomonidan tashkil qilingan edi. Uch yil ichida ushbu jamoa Ikkinchi jahon urushi yillarida Rjev shahri atrofida qurbon boʻlgan 600 ga yaqin askar-vo zobitlarning qoldiqlarini topib, ularni munosib ravishda qayta dafn etishgan. 20 nafarga yaqin daraksiz yoʻqolgan askarlarning ismi-shariflari aniqlashtiirilib, ularning buyumlari qarindoshlariga topshirilgan.
* Qidiruv jamoasi taʼkidlashiga koʻra, yozuv juda noaniq koʻrinishda boʻlgani tufayli unda ayrim noaniqliklar boʻlishi mumkin. Maʼlumotlar oʻsha davrga doir harbiy arxivlar va boshqa hujjatlarga asoslangan.
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala