“Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi - undan maqsad nima?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq ushbu jamoat fondini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘ sifatida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 5 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratilishi belgilandi.
TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni birlashtirish maqsadida “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
"Vatandoshlar" jamoat fondini tashkil etishdan maqsad Xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni tarixiy Vatani atrofida jipslashtirish, ularning qalbi va ongida yurt bilan faxrlanish tuyg‘usini yuksaltirish, milliy o‘zlikni saqlab qolish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarning salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdan iboratdir", deyiladi xabarda.
Sankt-Peterburg v ramkax programmi Zdravstvuy, Rossiya! poseshayut molodie sootechestvenniki iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2018
Xorijdagi vatandoshlarni qaytishi uchun imtiyozlar joriy etildi
Bundan tashqari ushbu fond faoliyatiga quyidagi vazifalar yuklatiladi;
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, vatandoshlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarning qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
- xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish;
- xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
- xorijda O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish;
- vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Passajiri spuskayutsya po trapu v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2020
Rossiyadan vatandoshlarni olib kelish uchun qo‘shimcha charter reys qo‘yildi – jadval
- xorijiy davlatlarning ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga bo‘lgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarimizning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish;
- rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarimizning yurtimiz nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash;
- xorijda vatandoshlar tomonidan tashkil etiladigan nufuzli tadbirlarda mamlakatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari, fan arboblari, diniy ulamolari, madaniyat va san’at vakillari, sportchilari ishtirokini ta’minlashda ko‘maklashish;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish;
Kak posolstvo pomogayet migrantam i studentam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2020
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga qanday yordam bermoqda
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashga qaratilgan interfaol elektron portalni yuritish;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar duch kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish migratsiya va ta’lim sohalarida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga kiritib borish;
- Fond Ustaviga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirish va shu kabilar.
Hujjatga muvofiq Fond uchun alohida bino foydalanishga tayyorlanguniga qadar Tashqi ishlar vazirligi binosiga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0