Sport

Yangilangan FIFA reytingida Oʻzbekiston 3-pogʻona yuqoriladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
“Oq boʻrilar” Osiyo jamoalari orasida 12-pogʻonani egallagan.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi eʼlon qilindi.
Unda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 3-pogʻona yuqorilab, 83-oʻrinni (1284 ochko) band etgan. “Oq boʻrilar” Osiyo jamoalari orasida 12-pogʻonani egallagan.
Qoʻshnilardan Qirgʻiziston 101, Tojikiston 116, Qozogʻiston 124, Turkmaniston esa 130-oʻrinda.
Belgiya milliy terma jamoasi peshqadamlikni saqlab qolgan. Tokiodagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida futbol boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritgan Braziliya ikkinchi pogʻonada. Amaldagi Jahon chempionati gʻolibi Frantsiya uchinchi oʻrinda. Angliya va Italiya birinchi kuchli beshlikka yakun yasagan.
Eslatib oʻtamiz, Futbol boʻyicha Jahon chempionati—2022 saralashi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi oʻyinda 0:3 hisobida magʻlub boʻlgandi. Shundan soʻng Vadim Abramov bosh murabbiylikdan ketdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala