Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston 3-pog‘ona yuqoriladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Obuna bo‘lish
“Oq bo‘rilar” Osiyo jamoalari orasida 12-pog‘onani egallagan.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi e’lon qilindi.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-pog‘ona yuqorilab, 83-o‘rinni (1284 ochko) band etgan. “Oq bo‘rilar” Osiyo jamoalari orasida 12-pog‘onani egallagan.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 101, Tojikiston 116, Qozog‘iston 124, Turkmaniston esa 130-o‘rinda.
Belgiya milliy terma jamoasi peshqadamlikni saqlab qolgan. Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida futbol bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan Braziliya ikkinchi pog‘onada. Amaldagi Jahon chempionati g‘olibi Fransiya uchinchi o‘rinda. Angliya va Italiya birinchi kuchli beshlikka yakun yasagan.
Eslatib o‘tamiz, Futbol bo‘yicha Jahon chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng Vadim Abramov bosh murabbiylikdan ketdi.
Yangiliklar lentasi
0