Yaqinlashayotgan yurak xurujining ko‘z ilg‘amas belgilari ochiqlandi

© Sputnik / Aleksandr KrajevKorabl-serkov "Svatoy apostol Andrey Pervozvanniy"
Korabl-serkov Svatoy apostol Andrey Pervozvanniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu, "noodatiy" deb nomlash mumkin bo‘lgan belgini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Terlash jadallashuvi yaqinlashib kelayotgan yurak xurujidan dalolat bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda British Heart Foundation tashkiloti shifokorlari.
"Agar siz isitma ko‘tarilgani, tobora ko‘p terlayotganingizni va ko‘krak qafasida og‘riqlarni his qilsangiz, tez tibbiy yordam chaqirishingiz lozim", - deya iqtibos keltiradi Daily Express nashri mutaxassislar so‘zlaridan.
Vrach derjit rentgenovskiy snimok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2020
Yurak uchun eng xavfli mahsulotlar e’lon qilindi
Maqolada aytilishicha, bunday belgi yurak xuruji uchun "noodatiy" sanaladi va shu bois, uni rad etish tavsiya etilmaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurak muammolariga ishora qiladigan qator ko‘z ilg‘amas belgilar mavjud bo‘lib, bu belgilarni bemorlar ko‘pincha boshqa kasalliklar belgilariga yo‘yishadi. Masalan, qorin og‘rig‘i yoki ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarga.
Bundan tashqari, to‘piqlarning shishishi yurak yetishmovchiligidan signal bo‘lishi mumkin, jismoniy mashqlar davomida ko‘krak qafasida paydo bo‘ladigan og‘riqlar esa stenokardiyaga ishora qiladi.
Yangiliklar lentasi
0