Jamiyat

Yoʻl qurilishiga sarflangan mablagʻ ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishRemont asfaltobetonnogo pokrыtiya
Remont asfaltobetonnogo pokrыtiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
“Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Adliya vazirligi avtomobil yoʻllari sohasida moliyaviy ochiqlik va jamoatchilik oldida hisobdorlikni taʼminlashga qaratilgan Oʻzbekiston prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqdi. U muhokama uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.
Qaror bilan hamma uchun ochiq boʻlgan “Shaffof yo’l” onlayn axborot platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushirish rejalashtirilgan.
V svyazi s novыmi pravilami PDD vыros spros na avtomobilnыy znak Shipы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.04.2021
Hodisalar
Oʻzbekistonda yomon yoʻllar sabab qariyb 2 yil ichida 191 kishi halok boʻlgan
Platformada avtomobil yoʻllari qurilishi boʻyicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi.
Hujjatda yozilishicha, qurilishi va taʼmirlanishi rejalashtirilgan yoʻllarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol koʻrinib turadi, yaʼni taʼmirlanayotgan yoʻllar qandaydir “4K66” kabi tushunarsiz raqamlar bilan emas, balki shahar va koʻcha nomigacha ushbu platformadan va mobil telefondan koʻrib turish mumkin boʻladi.
Shu xaritaning oʻzida qurilishi yoki taʼmirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablagʻ, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo boʻladi.
Yoʻl jamgʻarmalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida platformada “onlayn-hisoblagich”da koʻrinib turadi.
“Yaʼni masalan avtomobilingizni roʻyxatdan oʻtkazganda yoʻl jamgʻarmasiga toʻlangan mablagʻ qayerga ketganligini shu zahoti bilib olsa boʻladi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, aholiga yoʻllar nosozligi, harakatlanish uchun paydo boʻlgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati yaratiladi.
Adliya vazirligi jamoatchilikni mazkur hujjat loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishga chaqirib qolgan. 26 avgustgacha fuqarolar oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala