Kolumnistlar

Afgʻoniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda

© Sputnik / Andrey SolomonovAfganskiye bejentsы
Afganskiye bejentsы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Markaziy Osiyo chegaralarida, Afgʻoniston hududida, qariyb terrorchi mamlakat yaratilmoqda, u tashqi chegaralar (narkotrafik)ni va oʻnta provintsiyani maʼmuriy markazlari bilan birgalikda toʻliq nazorat qiladi.
AQSH va NATO qoʻshinlarining Afgʻonistondan shoshilinch ravishda chiqarilishi mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashishiga va terrorchilik faolligining oshishiga olib keldi. Oxirgi besh kun ichida toliblar 13 provintsiya – Gʻazni, Nimroʻz, Juzjon, Sari--Pul, Qunduz, Toxar, Samangan, Farah, Baglan, Badaxshon, Hirot, Qandahor va Hilmand maʼmuriy markazlarini egallab olishdi. Ulardan yettitasi shimoliy provintsiyalar.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar* Qandahordagi qamoqxonani egallab olishganini maʼlum qilishdi
Umuman olganda, "Tolibon"* Afgʻonistonning barcha 34 provintsiyalarida ustunlik qilmoqda. Maʼmuriy markazlar, jumladan Qobul ham, deyarli qamalda turibdi.
Hukumat armiyalari arsenallari, jumladan, ogʻir artilleriya, bronetexnika va jangovar aviatsiya ham sekin-asta toliblar qoʻliga oʻtmoqda. Ushbu xatarli fonda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu seshanba kuni KXSHTni Afgʻonistondan jangarilar hujumiga tayyorlagrlik koʻrishga chaqirdi. Shoygu, Tojikiston va Oʻzbekiston qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligi "Tolibon"ning chegarani kesib oʻtmaslik va qoʻshni davlatlarga hujum qilmaslik toʻgʻrisida berayotgan vaʼdalariga bogʻliq boʻlishi kerak emasligini qayd etdi.
Paygʻambar Muhammad (S.A.V.): "Urush – bu yolgʻon" degan. Toliblar provokatsiyasi ehtimolga yaqin va kutilgandir. Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligini taʼminlash maqsadida RF Mudofaa vazirligi ittifoqdoshlar bilan birgalikda Afgʻoniston chegarasi yaqinida qator manyovrlarni davom ettiradi.
Etnicheskiy uzbekskiy voyenachalnik Abdul Rashid Dustum vo vremya intervyu agentstvu Frans Press v Kabule 24 dekabrya 2001 goda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar marshal Doʻstumning oʻgʻlini asir olgani haqida aytishmoqda
RF Qurolli Kuchlari Bosh shtabi avgust oyining boshlarida Oʻzbekiston va Tojikiston hududida oʻtkazilgan ikkita qoʻshma mashgʻulotlar natijalarini, qoʻshinlar tomonidan keng koʻlamda qoʻllangan aviatsiya, razvedka-oʻt ochish majmualari va desantlar harakatlarini ijobiy baholadi.
Amerika prezidenti Jozef Bayden ham Afgʻonistondagi voqealarning halokatli rivojlanishiga munosabat bildirdi va 11 avgust kuni son jihatdan ustunlik qiluvchi Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumat kuchlarini oʻz mamlakati uchun toliblarga qarshi mustaqil kurashishga chaqirdi.
Bundan tashqari, Bayden afgʻon mudofaa vaziri Bismilloh Xon Muhammadiyni "jiddiy jangchi", deb atab: "Yigirma yil davomida biz trillion dollardan koʻp mablagʻ sarfladik. Biz 300 mingdan ortiq afgʻon harbiy xizmatchilarini oʻqitdik va zamonaviy uskunalar bilan taʼminladik… Biz halok boʻlgan va jarohat olgan minglab amerika fuqarolarini yoʻqotdik".
Yaʼni, biz ketdik, demokratiyaning soʻnayotgan chirogʻi esa - bizning muammoimiz emas.

Qarama-qarshilik zaxiralari

AQSH urushni tugatdi va Vashingtonda yigirma yillikning sharmandali va fojiali yakunlariga qaramay, bundan afsuslanishmayapti. Islom Respublikasiga Amerika tomonidan koʻrsatiladigan keyingi yordam ahamiyatsiz boʻladi. AQSH HHKning toliblar pozitsiyalari boʻylab "ufqdan" yoʻllanayotgan aviazarbalari koʻp narsani oʻzgartirishga qodir emas, ular faqat tinch aholi orasidagi qurbonlar sonini oshirishga xizmat qiladi, xolos.
Tanki T-72 vo vremya komandno-shtabnыx ucheniy Kavkaz-2020 na poligone Rayevskiy v Novorossiyske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Kolumnistlar
"RF va XXR strategik mashqlari-2021" – amerikaliklar va toliblarga katta salom
Pentagon Qobul uch oy ichida qulashini bashorat qilmoqda. Vashington AQShning Afgʻoniston poytaxtidagi elchixonasini yopish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda va avgust oyi oxirigacha amerikalik diplomatlarni tezlikda evakuatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Pentagon diplomatlarni xavfsiz olib chiqish uchun 3 ming harbiy xizmatchilarini Afgʻoniston Islom Respublikasiga yubordi.

Buyogʻi nima boʻladi?

AIR prezidenti Ashraf Gʻani 11-avgust kuni Mozori-Sharifda (shimoliy Balx provintsiyasi poytaxti) nufuzli siyosatchilar Abdul Rashid Doʻstum va Atta Muhammad Nur bilan xalq koʻngilli qoʻshinlari otryadlarining hukumat xavfsizlik kuchlari rahbarligi ostida muvofiqlashtirilishi, jihozlanishi, mobilizatsiyasi borasida muzokaralar oʻtkazdi. Xuddi shu kuni Gʻani shu kungacha maxsus kuchlarga qoʻmondonlik qilgan general Xaybatulla Alizayni Afgʻoniston armiyasi bosh shtabining yangi rahbari etib tayinladi.
Oʻzbek-afgʻon chegarasidagi hayot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Video
Termizdagi Afgʻoniston bilan chegaradosh Oxunboboyev qishlogʻidan reportaj
Afsonaviy marshal Doʻstum Afgʻoniston shimolida xalq qarshiligiga rahbarlik qilish uchun ataylab qamal qilingan Mozori Sharifga uchib keldi. "Toliblar shimoldan tirik chiqib ketishi oson boʻlmaydi", deya bayonot qildi u. Qobul va boshqa jang qilayotgan provintsiyalardan "uzib qoʻyilgan" Mozori Sharifda qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun kuchlar yetarmikin?
Toliblar hamma joyda ham kuchli qarshilikka duch kelmagan. Tarinkot (janubiy Uruzgan provintsiyasi) maʼmuriy markazi tumanlarining aksariyati 12 avgust kuni jangsiz taslim boʻlgan. Sharqiy Gʻazni provintsiyasi gubernatori Daud Lagmani provintsiyani toliblarga topshirganlikda ayblanib hibsga olingan.
OAVlarning xabar berishicha, gʻarbiy Farah viloyatining gubernatori va bir qancha amaldorlari "Tolibon"* harakatiga taslim boʻlishgan. Islom Respublikasi odamlar koʻz oʻngida barbod boʻlmoqda. Urush bilan qamrab olingan provintsiyalardan minglab qochqinlar Qobul masjidlariga joylashtirilmoqda. Toliblar xujumini faqat moʻʼjiza toʻxtata olishi mumkin.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Analitika
Toliblar shimoliy provintsiyalar poytaxtlarini egallamoqda: Qobul va AQSH javobi qanday boʻladi
Shu yerda, NATOning qudratli davlatlari moʻʼjiza vaʼda qilmayotganini esga olishni istardim.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻan 11-avgust kuni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishiga koʻmaklashishga vaʼda berdi. Turkiya Mudofaa vazirligi "yaqin kelajakda" Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportning xavfsizlik muammosini hal qilish niyatida - albatta, qator shartlarga amal qilinganda, AQSH koʻmagi shular jumlasidan.
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles AQShning "Tolibon"* bilan kelishuvini ulkan xato, aniqroq qilib aytganda "chirik bitim" deb hisoblaydi va NATOning "10 yoki 20 yildan keyin" Afgʻonistonga qaytishini prognoz qiladi. Hozircha bularning hammasi quruq gap, xolos.

"Islom amirligi" istiqbollari

Ehtimol, toliblarda yangi afgʻon davlatini yaratishga kuch va vaqt bordir, ammo bu yangi davlat hali butkul unutilmagan eski davlat boʻlib chiqishi ham ehtimoldan holi emas.
Eslatib oʻtaman, mujohidlar (partizanlar) Sovet qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etganidan atigi uch yil oʻtib - 1992 yilda Qobulga kirgan edilar. Koʻp oʻtmay ular oʻrtasida janjal yuzaga keldi va 1994 yilda sobiq mujohid mulla Umar (Qandahorda) "Tolibon"*ga asos soldi.
Toliblar 1996 yilda hukumatga keldilar, ammo bu pokiston maxsus xizmatlari yordami va arab monarxiyasi moliyaviy koʻmagisiz (qurol-aslahaga) kechgan emas.
Voyennoslujaщiy Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
OAV: Qunduzda yuzlab afgʻon harbiylari toliblarga* taslim boʻldi
Ulkan xalqaro terrorizm 2001 yil sentyabrida amerikaning "egizak binolari" yoʻq qilinishidan emas, balki 1995 yilning avgustida Qozonning "Aerostan" aviakompaniyasiga tegishli Rossiya Il-76TD yuk samolyotining majburiy qoʻndirilishi bilan boshlangan (oʻsha paytda "Tolibon" qiruvchi aviatsiyasi ishlagan, ushbu voqea "Qandahor" badiiy filmida aks ettirilgan).
Afgʻoniston Islom Amirligi rejimida juda qisqa vaqtda jumladan, "Al-Qoida", "ID" va boshqa terrorchilik tashkilotlari Makkasiga aylandi. "Tolibon"ning xalqaro maqomini hisobga olgan holda aytish mumkinki, bugungi kunda Markaziy Osiyo chegaralari yaqinida dinni oʻz ehtiyojlariga moslashtiradigan terrorchi davlat yaratilmoqda.
Maʼlumki, toliblar mafkurasining asosi - sunniy islomdir, bunda Qurʼon va sunnat turli masalalarni aniq oyatlar va hadislar asosida, yoki oʻz ongi dalillariga asoslanib hal qilishga imkon beradigan asosiy manbalardir. Soʻnggi asos juda xavflidir.
Masalan, islom insonni tasvirlashni taqiqlaydi. Harakat asoschisi mulla Umarning irodasi bilan toliblar bir necha kun ichida Qobul, Hirot, Gʻazni, Qandahor shaharlaridagi muzey eksponatlarini, jumladan, togʻda bundan bir yarim ming yillar ilgari Bomiyan shahri yaqinida yoʻnilgan Buddaning ikkita ulkan haykalini (37 m va 53 m) yoʻq qilishdi. Bundan tashqari teatrlar va kinoteatrlar vayron qilindi.
Povsednevnaya jizn v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.08.2021
Analitika
Mashhur afgʻon dala qoʻmondoni Ahmad Shoh Masʼud "Tolibon"* haqida nima degan edi
1996 yildan beri toliblar nazorati ostida boʻlgan Afgʻonistonda "yangi tartib" shariat qonunlariga (ong dalillarini esa olamiz) va sodir etilgan jinoyatlar uchun oʻrta asr jazolarini qoʻllash (qiynoqlar)ga asoslangan edi. Bunda oʻgʻrilarning qoʻli chopilar, oʻquvchi qizlarning burunlari kesilardi (qizlarga oʻqish taqiqlangan). Koʻp sonli taqiqlarni buzish, jumladan jinsi kiyish yoki koʻchada erkakning soqolsiz yurishi - qamchi bilan urish, qamoq va ogʻir holatlarda hatto oʻlim bilan tahdid solardi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari, shubha yoʻq-ki, Afgʻoniston bilan tinch qoʻshnichilikdan manfaatdor. Shunday boʻlsa -da, chegaralarni izchil mustahkamlash, mudofaani kuchaytirish va Panj daryosining shimolidagi qoʻshni hududlarda oʻrta asrlar jaholatparastligi tarqalishining oldini olish kerak. Toliblar hokimiyat tepasiga kelib, Afgʻonistonni oʻzlariga mos "formatlagach", ular, albatta, tashqi dunyoni "mukammallashtirish"ni boshlab yuboradilar. Oʻshanda tayyorgarlik koʻrmagan yoki tayyorgarligi sust boʻlgan qoʻshni davlatlar uchun juda yomon kunlar boshlanadi.
* – RFda taʼqiqlangan terrorchi uyushma
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala