Sport

Barcha Olimpiada ishtirokchilariga pul mukofoti beriladi – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyov na vstreche s olimpiytsami
Shavkat Mirziyov na vstreche s olimpiytsami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Kelajakda nafaqat Olimpiada, balkim boshqa xalqaro nufuzli musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga ham pul mukofotlari berish yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiada Oʻyinlarida ishtirok etgan barcha sportchilarga va ayrim murabbiylarga pul mukofotlari taqdim etdi.
"Albatta, jahonning eng yirik sport musobaqasi boʻlmish Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishning oʻzi katta sharaf va masʼuliyat. Buni barchamiz yaxshi tushunamiz. Buning uchun qancha ogʻir dovonlardan, mashaqqatli sinovlardan oʻtish talab etiladi. <…>
Biz Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xususan, Olimpiadada ishtirok etgan bir sportchiga 5 ming AQSH dollardan, oltin medal sohiblariga 200 ming, bronza medallar sohiblariga 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot berildi.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi
Undan tashqari, prezident sportchilarni tayyorlashda fidoyilik koʻrsatgan Toʻlqin Qilichev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylar nomini aytib oʻtdi va oltin medal olgan sportchining treneriga 40 ming AQSH dollaridan, bronza medal sohiblari murabbiylariga - 20 ming AQSH dollaridan mukofot berishga qaror qildik, dedi prezident.
Shuningdek, prezident kelajakla nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqqan sportchilar va ularning trenerlariga 500dan 3 ming dollargacha mukofotlar berishga qaror qilinganini aytib oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala