Besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga keldi

© Intellektualniy klub "Zakovat"Patikratniy chempionat mira po shaxmatam Vishvanatan Anand priletel v Tashkent
Patikratniy chempionat mira po shaxmatam Vishvanatan Anand priletel v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Obuna bo‘lish
Zakovat-Gambit musobaqasi doirasida dunyoga mashhur shaxmat yulduzlari o‘zbekistonlik havaskor shaxmatchilar bilan bellashadi.
TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioni Vishvanatan Anand Toshkentga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Zakovat-Gambit turnirining telegram kanali.
Toshkentda 10 – 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan Zakovat-Gambit xalqaro turnirida jahon shahmatining taniqli yulduzi Yudit Polgar, shuningdek o‘zbekistonlik shahmat cheimpionlari Rustam Qosimjonov, Timur Gareyev, Gulruhbegim Toxirjonovalar ham ishtirok etishadi.
Saralash bahslarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Fuqarolar yoshi va reytingi bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. 7-avgustga qadar 3,8 ming havaskor shaxmatchilar ushbu turnirda ishtirok etish istagini bildirishgan. Turnirning mukofot fondi 610 million so‘mni tashkil qiladi.
Shaxmat musobaqasining finla bahslari 14-15 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0