Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Notinchlik tufayli Afgʻonistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi

© AFP / NICOLAS ASFOURIMujchina perevozit gazovыe ballonы. Kabul, Afganistan
Mujchina perevozit gazovыe ballonы. Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Afgʻoniston chegarasida suyultiriligan gazni Qobul va boshqa yirik shaharlarga qaragandan 2 baravar arzonga sotib olish mumkin.
TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Afgʻoniston hududida tolibon va hukmuat qoʻshinlari orasidan janglar boshlanishi bilan Qobulda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Tolonews nashri.
“Soʻnggi 20 kun ichida Qobulda sultirilgan gazning 1 kg narxi 20 afgʻoniyga oshdi. Bunday oʻsish soʻnggi 20 yil davomida kuzatilmagan edi”, - deb yozadi nashr.
Qobul savdo doʻkonlarining birining sotuvchisi Muhamad Xon aytishiga koʻra, uning kunlik daromadi 150 afgʻoniygacha tushib ketgan. Uning fikricha bunga sabab Afgʻonistondagi notinchlik va hukumat nazorati yoʻqligi. Notinchlik tufayli odamlar yanada qashshoqlashgan, savdo-sotiq darajasi keskin tushib ketgan.
Gaz bilan savdo qiluvchi ulgurji kompaniyalar uning narxini 40%ga oshirgan. Sabab – Afgʻoniston yoʻllarida xavf darajasining keskin oshib ketishida va gaz yetishmasligida.
“Ayni damda bir tonni suyultirilgan gaz 760 dollar turadi. Oldin uning narxi 650 dollar edi. Lekin Afgʻoniston chegarasida ushbu gazni Qobul va boshqa yirik shaharlarga qaragandan 2 baravar arzonga sotib olish mumkin”, - deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha Afgʻoniston yiliga 685 tonna suyultirilgan gaz isteʼmol qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala