O‘zbekistonda koronavirus: kasallanganlar soni 141 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 13 avg - Sputnik. O‘zbekistonda bir sutkada 948 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 8 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"2021 yil 12-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141158 (+948) nafarni tashkil etmoqda", - deyiladi vazirligi xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (91), Surxondaryo viloyatida (90), Farg‘ona viloyatida (82), Toshkent viloyatida (96), va 204 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaksinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
O‘zbekiston armiyasining qariyb 100 foizi koronavirusga qarshi emlandi
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 134 307 nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 964 nafarni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, O‘zbekistonda bir sutkada 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Jami bemorlar soni 16 885 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 114 nafarga yetgan.
O‘zbekistonda ayni kungacha mamlakatimizda jami 11 651 161 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 8 265 847 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 2 466 618 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 918 696 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0