Iqtisod

Endi gaz ballonlar ham shtrix-kodli boʻladi - energetika vazirligi

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Fotobankka oʻtishGazovыe ballonы
Gazovыe ballonы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Energetika vazirlii ushbu yil oxiriga qadar Qashqadaryo viloyatida MDHda eng yirik gaz suyultirish zavodi - “Uzbekistan GTL” ishga tushirilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Energetika vazirligi isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar haqida xabar qildi.
Vazirlik tomonidan sanab oʻtilgan 10 ta Oʻzbekiston tarixida eng yirik loyihalar orasida quyidagilar ham bor:
2021 yilda Respublika hududlari boʻylab maishiy gaz ballonlarga shtrix kodli stikerlarni oʻrnatish ishlari yakunlanadi. Endi suyultirilgan gaz ballonlari ham onlayn nazorat qilinadi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, vazirlik taʼkidlashiga koʻra, 2021 yilda tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish (ASKUG) loyihasi doirasida barcha 3,5 million isteʼmolchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar bepul oʻrnatib berilishini ham xabar qilmoqda.
Undan tashqari, energetika vazirligi 2021 yilda Qashqadaryo viloyatida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) davlatlarida yagona va eng yirik loyiha hisoblanadigan - “Uzbekistan GTL” zavodi ishga tushirilishini ham aytib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala