Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika v konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr ArMI-2020  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
"ArMI-2021" - Oʻzbekiston ishtiroki
"ArMI-2021" - VII Xalqaro armiya oʻyinlari 22 avgust - 4 sentyabrda boʻlib oʻtadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu oʻyinlarga 96 davlat harbiylarini taklif etgan.

Oʻzbekiston harbiylari ArMI-2021da ishtirok etish uchun Rossiyaga yetib kelishdi

© Press-tsentr ArMI-2021Voyennыe Uzbekistana pribыli v RF dlya uchastiya v ArMI-2021
Voyennыe Uzbekistana pribыli v RF dlya uchastiya v ArMI-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Harbiylar “razvedkachi soʻqmogʻi”, suv toʻsiqlari, “marsh-brosok”, shaxsiy hamda guruh oʻq otish mashqlarini bajarishlari kerak boʻladi.
TOSHKENT, 13 avg – Sputnik. Bir guruh Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari “ArMI-2021” xalqaro harbiy musobaqaning “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari” tanlovida ishtirok etish uchun Novosibirsk shahriga yetib kelishdi.
Ular bilan birgalikda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belorus va Hindiston harbiylari ham ushbu tanlovda ishtirok etishadi.
Xalqaro tanlov ishtirokchilari Rossiya havo kuchlarining “IL-76” harbiy-transport samolyotida Novosibirsk shahrining “Tolmachevo” aeroportiga yetib kelishdi. U yerda mehmonlarni rus odatiga muvofiq “non va tuz” bilan kutib olishdi. Manzilga yetib kelgandan soʻng tanlov ishtirokchilari tana harorati oʻlchash va koronavirusga PZR test topshirishdi.
Tanlov doirasida harbiy xizmatchilar bir necha mashqlarda bellashishadi. Ular orasida “razvedkachi soʻqmogʻi”, suv toʻsiqlari, “marsh-brosok”, shaxsiy hamda guruh boʻlib oʻq otish kabi mashqlar bor.
Voyennыe razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroye mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2019
Jamiyat
Oʻzbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallashdi
Oʻtgan yilda ham ushb tanlov Novosibirsk viloyatida boʻlib oʻtgan edi. Unda Rossiya, Xitoy, Janubiy Osetiya, Belarus, Oʻzbekiston, Tojikiston, Laos va Kongo jamoalari toʻliq tarkibda ishtirok etishgan edi. Undan tashqari JAR va Afgʻonistondan 1 kishida vakil ham ishtirok etishgan edi. Oʻtgan yilgi tanlovda Rossiya jamoasi birinchi oʻrin, Oʻzbekiston jamoasi esa ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
“Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari” tanlovining ochilish marosimi 22 avgust kuni Novosibirsk olliy qoʻmondonlik oʻquv yurtida boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader