Rossiya

Rossiyada uch kundan buyon koronavirusdan oʻlimlar soni oshmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishRabota GKB № 15 im O. M. Filatova
Rabota GKB № 15 im O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
Kasallik soni va oʻlimlar eng koʻp qayd etilgan shaharlar - Moskva, Sankt-Peterburg va Irkutsk.
TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Oʻtgun sutkada Rossiyada COVID-19ga chalingan bemorlar orasida 819 nafar oʻlim qayd etildi. Bu soʻnggi 3 kun ichida oʻrnatilgan uchinchi antirekord de, xabar qilmoqda operativ shtabga asosan RIA Novosti.
Moskvada 57 kishi, Sankt-Petrburgda 42 kishi, Irkutsk viloyatida 39 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bir kun oldin 815 kishi qurbon boʻlgani haqida xabar qilingan edi. Oʻtgan davr mobaynida koronavirusdan vafot etganlar soni 169 683 kishiga yetdi, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga kasallikka chalinayotgan fuqarolar soni esa barqarorlashgan. Xususan 13 avgust kuni 22144 kishi kasallangan boʻlsa, 12 avgust kuni kasallanganlar soni 22277 kishini tashkilsh qilgan edi.
Yangi kasallanish holatlari boʻyicha oldida Moskva — sutkasiga 2317 kishi (bir kun oldin - 2529kishi), Sankt-Peterburgda — 1823 kishi, Moskva viloyatida — 1307 kishi, Nijniy Novgorod viloyatida — 544 kishi, Sverdlovskda — 524, Rostovda — 489 va ho kazo.
Kasallanganlar soni eng kam qayd etilgan hududlar Nenetsk avtonom okrugi - 12 va Chukotka - 15 kishidir.
Shu kunga qadar Rossiyada qayd etilgan koronavirusga chalinish holatlari soni 6.5 million kishidan oshdi, ulardan 5,8 mln kishii tuzalib ketgan, vafot etganlar soni 170 mingga yaqinlashmoqda.
Maʼlumot uchun bugungi kunga qadar Rossiyada toʻliq vaktsinalangan fuqarolar soni 30 milliondan oshdi, bu aholining 20%ini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala