Jamiyat

Andijon uchun 70 ta zamonaviy avtobus xarid qilinadi

© Press-slujba Mintransa UzbekistanaAvtobusы marki Zhongtong
Avtobusы marki Zhongtong - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Shahar markazidagi 20 ta yoʻnalishda zamonaviy avtobuslar harakatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Andijon shahri markazida zamonaviy avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun “Alpomish merosi” kompaniyasi Xitoyning “Zhongtong Bus Holding” korxonasi bilan 70 dona avtobuslarni xarid qilish boʻyicha 4,375 mln dollarlik shartnoma imzolagan.
Shartnomaga muvofiq, ushbu avtobuslardan 20 donasi Andijon viloyatiga olib kelindi. Avgust oyi oxiriga qadar yana 50 dona avtobusni olib kelish rejalashtirilgan.
Ostanovka obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Jamiyat
Toshkentda 1 avgustdan bir qancha avtobus yoʻnalishlari oʻzgartiriladi
Viloyat transport boshqarmasi shahar markazidagi 20 ta yoʻnalishda zamonaviy avtobuslar harakatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Buning natijasida shahar markazi toʻliq jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olinadi. Yangi avtobuslar harakatining yoʻlga qoʻyilishi bilan 200 dan ortiq ishchi oʻrni yaratiladi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatida transport infratuzilmasini tubdan yangilash aholigi sifatli, arzon transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlarni bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala